QORAQALPOG‘ISTONDA SAYLOV KOMISSIYALARI FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISHGA BAG‘ISHLANGAN HUDUDIY SEMINAR O‘TKAZILDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 1-Qoraqalpog‘iston saylov okrugida uchastka saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan hududiy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, ekspertlari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mutaxassislari, Nukus shahridagi uchastka saylov komissiyalari raislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, uchastka saylov komissiyalari tomonidan faoliyatni qonun talablariga to‘liq amal qilgan holda bajarish va hujjatlarni to‘g‘ri yuritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminarda uchastka saylov komissiyasining saylov kunida olib boradigan faoliyati bo‘yicha o‘quv filmi namoyish etildi.
– Okrug saylov komissiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan seminarlarda faoliyatimizni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar olmoqdamiz, – deydi Nukus shahridagi 75-uchastka saylov komissiyasi raisi Jenisboy Do‘sbergenov. – Bugun uchastka saylov komissiyasining saylov kunidagi faoliyatiga bag‘ishlangan o‘quv filmining namoyish qilingani hamda unda aks ettirilgan har bir jarayon ekspertlar tomonidan sharhlab borilgani biz uchun yanada tushunarli bo‘ldi.
Seminarda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, muddatidan oldin ovoz berish jarayonida uchastka saylov komissiyasi a’zolarining vazifalari, xalqaro va mahalliy kuzatuvchilarning vakolatlari, faoliyat ko‘rsatish tartibi, saylov kuni ovoz berishni tashkil etish, ovoz berishni yakunlash, ovozlarni sanab chiqish va rasmiylashtirishda uchastka saylov komissiyalarining vazifalari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
O’zA