Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Nikolay Baskakov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan ochiq ko‘rgazma

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Nikolay Baskakov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan ochiq ko‘rgazma

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, rus turkshunos olimi, folklorshunos, etnograf, filologiya fanlari doktori, professor, O‘rol-oltoy tilshunosligi sohasi mutaxassisi, mashhur turkiy tillar klassifikatsiyasi muallifi Nikolay Aleksandrovich Baskakov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar beradi kutubxona matbuot xizmati.

Nikolay Baskakov adabiyotlarining ochiq ko‘rgazmasida turkiy: qoraqalpoq, no‘g‘oy, oltoy va bshq. tillar tarixi, o‘rganilmagan yoki kam o‘rganilgan turkiy tillarning leksik, grammatik, morfologik jihatlari bo‘yicha ilmiy izlanishlari o‘rin olgan. Shuningdek, bu yerda uyg‘ur, oltoy, chuvash, tatar, turk va bshq. tillarning rus-milliy va milliy-rus leksik, etimologik lug‘atlari joy olgan.

Nikolay Baskakov 1905-yilda Vologda guberniyasida (hozirgi Arxangelsk o‘lkasi) dunyoga kelgan. Sharqqa qiziqish Usmoniylar saltanatida elchi vazifasida xizmat qilgan otasining do‘sti bilan uchrashuvdan so‘ng paydo bo‘lgan. Moskva Davlat universitetining tarixiy-etnologik fakultetini tamomlagach O‘rta Osiyoga uyushtirilgan ko‘plab ekskursiyalarda ishtirok etgan. Baskakov turkiy xalqlar tillari tarixi va etnografiyasiga doir boy materiallar to‘pladi va ular asosida ko‘plab monografiyalar yozdi.

O‘z ilmiy izlanishlarida sharq-slovyan tillarida turkiy o‘zlashmalarni, turkiy tillar, oltoy tillar oilasi tuzilishining tarixiy-tipologik xarakteristikasini, no‘g‘oytili va uning lahjalarini tadqiq qildi, turkiy tillar grammatikasi, so‘zning va gap bo‘laklarining morfologik tuzilishini tahlil qildi, turkiy tillar lug‘atlarini yaratdi.

Mazkur ko‘rgazmadan joy olgan turkiy so‘zlardan xosil bo‘lgan 300 rus familiyalari tahlil qilingan «Russkiye familii tyurkskogo proisxojdeniya», turkiy tillardan o‘zlashgan so‘zlar ishtirok etgan «Tyurkskaya leksika v «Slove o polku Igoreve» kitoblari va O‘rta Osiyo ekspeditsiyalari davomida yozilgan she’rlar va hikoyalar to‘plami foydalanuvchilar e’tiborini tortishi shubhasiz.

“Jahon” AA