QORAQALPOG‘ISTONDA YOSHLAR ISHTIROKIDA TARG‘IBОT TADBIRLARI BO‘LIB O‘TMOQDA
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mavzusida targ‘ibоt tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, Respublika Ma’naviyat targ‘ibоt markazi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Xo‘jayli, Kegeyli, Chimboy, Qorao‘zak, Taxtako‘pir, Beruniy, Ellikqal’a, Nukus tumanlaridagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, madaniyat va aholi dam olish maskanlarida o‘tgan uchrashuvlarda taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar, san’at namoyandalari istiqlol yillarida erishilgan olamshumul yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning samaralari haqida hayotiy misollar vositasida so‘z yuritdi.
– Yoshlarning yuz-ko‘zida barq urib turgan shijoat, ertangi kunga qat’iy ishonch har qanday kishini to‘lqinlantirib yuboradi, – deydi O‘zbekiston xalq artisti Aziza Begmatova. – Yurtimizning barcha viloyatlarida bo‘lgani kabi Qoraqalpog‘istondagi bunyodkorlik ishlari, yosh avlod uchun yaratilgan sharoitlar, muhtasham sport va madaniyat koshonalari, yoshlar ko‘ksidagi qo‘sha-qo‘sha medallar iftixor tuyg‘usini yuksaltiradi. Bularning barchasi Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlod kamoloti yo‘lida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar samarasidir.
Tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, navqiron avlod ongi va qalbini turli ma’naviy tahdidlardan himoya qilish, ularda mustahkam g‘oyaviy immunitet va faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Targ‘ibоt tadbirlari doirasida ta’lim muassasalarida yurtimizda istiqlolgacha bo‘lgan davr hamda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan izchil islohotlar samaralarini aks ettiruvchi “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” nomli fotoko‘rgazma, istiqlol yillarida xalqimiz erishgan ulkan yutuq va marralar, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, dunyoning turli mintaqalarida ro‘y berayotgan notinchliklar, terroristik oqimlar, ular ortida turgan yovuz kuchlar va ularning g‘arazli maqsadlarini fosh etuvchi “Marra bizniki!” nomli videorolik namoyish etildi.
"Jahon" AA