QOZOG‘ISTON ELCHISI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2016-yilning 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Qozog‘iston Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerik Utembayevni qabul qildi.
Elchi ishonch yorlig‘ining nusxasini topshirdi.
Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Davlatlararo aloqalarning barcha sohalaridagi bosqichma-bosqich va izchil rivojlanishi O‘zbekiston-Qozog‘iston oliy darajadagi muntazam muloqotiga asoslanishi ta’kidlandi.
Qozog‘iston O‘zbekistonning muhim iqtisodiy hamkorlaridan biridir. 2015-yil yakunlariga ko‘ra o‘zaro savdo aylanmasi 3 mlrd. AQSh dollaridan oshganligini ko‘rsatdi. Tomonlar transport, kommunikatsiya va tranzit sohasida yaqindan hamkorlik qilishadi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlarining ruhiy yaqinligi va ko‘p asrlik tarixiga asoslangan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik masalalari ikki tomon kun tartibida muhim o‘rin tutadi.
Shuningdek, uchrashuvda bo‘lajak ikki tomonlama siyosiy uchrashuvlarning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.