Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

QOZOG‘ISTON MILLIY OLIMPIYA QO‘MITASI VAKILLARI TOSHKENTGA KELDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
QOZOG‘ISTON MILLIY OLIMPIYA QO‘MITASI VAKILLARI TOSHKENTGA KELDI

Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Daniyar Abulgazin hamda qo‘mitaning sport tibbiyoti boshqarmasi boshlig‘i Janbulat Sarsenov O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasidan xabar qilishlaricha, mehmonlarni O‘zbekiston MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimov hamda bosh kotib Jasur Matjonov kutib oldi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida faoliyat yuritayotgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish, kerak bo‘lsa undan andoza olish va Qozog‘istonda ham ana shunday markaz tashkil etishni muhokama qilishdan iborat edi.

— O‘zbekiston MOQ qoshida faoliyat yuritayotgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi menda juda katta taassurot qoldirdi. Bunday sport tibbiyot majmuasi Markaziy Osiyoda yagona ekanligi ahamiyatlidir. Biz ham Qozog‘istonda sport tibbiyoti bo‘yicha ana shunday markaz tashkil qilishni istaymiz va bu borada O‘zbekiston MOQ bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish istagidamiz, – dedi Daniyar Abulgazin.

Shuningdek, uchrashuv davomida qishki Olimpiya o‘yinlariga ko‘rilgan tayyorgarlik bo‘yicha fikr almashildi. O‘z navbatida, Qozog‘iston MOQ bosh kotibi qishki sport turlari bo‘yicha terma jamoalarimizning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini Qozog‘istonning tog‘li hududlarida hamkorlikda tashkil qilish taklifi bilan chiqdi.