QOZOG‘ISTON TIV RAHBARI BILAN UCHRASHUV
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
2016-yilning 23-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida oliy darajadagi O‘zbekiston-Qozog‘iston aloqalari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan ikki tomonlama munosabatlar rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda 2017-2018-yillarda BMT Xavfsizlik kengashining nodoimiy a’zoligiga Qozog‘istonning saylanishi hisobga olingan holda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi vazirliklararo hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Suhbat davomida turli sohalardagi O‘zbekiston-Qozog‘iston muloqotini yanada chuqurlashtirish, jumladan ikki tomonlama hamkorlik institutlari faoliyatini kuchaytirishdan ikki davlat ham birdek manfaatdor ekanligi qayd etildi. Muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘iston pozitsiyalarining yaqinligi va muvofiq ekanligi ta’kidlandi.
Muzokaralarda Qozog‘iston Elchisi Yerik Utembayev ishtirok etdi.