QOZOG’ISTONLIK EKSPERTLAR: «O’ZBEKISTON KUCHLI VA O’ZIGA TO’Q DAVLATGA AYLANDI»
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to’rt yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi so’zi Qozog’iston ekspert-tahlil hamjamiyati vakillari o’rtasida ham katta qiziqish uyg’otdi.
Mintaqaviy rivojlanish institutining direktorii V.Tuleshov O’zbekiston rahbari o’z chiqishida respublikaning tashqi siyosiy yo’lining izchilligini yana bir bor ko’rsatib berganiga e’tibor qaratdi. «O’zbekiston hyech qanday harbiy-siyosiy blokka qo’shilmasligi, o’z hududida chet el harbiy bazalarining joylashtirilishiga, harbiy xizmatchilarining mamlakat tashqarisida bo’lishiga mutlaqo yo’l qo’yilmasligi ta’kidlandi. Shu maqsadda mamlakatning yaqin va uzoq qo’shnilari bilan til topishib, o’zaro do’stona munosabatlarni, mintaqada hamkorlik va hamjihatlikni yanada kuchaytirish singari ustuvorliklar belgilandi», deya qayd etadi ekspert.
V.Tuleshovning fikr bildirishicha, iqtisodiyotni rivojlantirish va tashqi siyosiy kursning izchilligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratish mamlakatga yangi cho’qqilarni zabt etish hamda o’zbek xalqi hayotining darajasi va sifatini yanada oshirish imkonini beradi.
Qozog’iston - Turkiya universiteti professori B.Bayimbetovning fikricha, Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to’rt yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi so’zi xalqaro munosabatlarda ishonch inqirozi o’sib borayotgan bir sharoitda alohida e’tiborga molikdir.
O’zbekiston Prezidenti tomonidan haqli ravishda qayd etilganidek, “yaqin va uzoq atrofda turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar, to’qnashuv va qon to’kishlar, nizo va adovatlar kuchayib borayotir, muxtasar aytganda, vaziyat g’oyat qaltis bo’lib, tobora murakkab va keskin tus olmoqda”. Ekspertning qayd etishicha, O’zbekiston hyech qanday harbiy-siyosiy blokka qo’shilmasligini bayon etar ekan, davlat rahbari mamlakat faqat o’z kuchiga va resurslariga tayangan holda o’z kelajagini qurish, dunyoning barcha mamlakatlari bilan teng huquqli va o’zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash niyatida ekanligini aniq-ravshan ma’lum qildi. Bu niyat tinch rivojlanish va birgalikda yashash maqsadlariga mosdir.
“Respublika rahbari tomonidan belgilab berilgan tashqi siyosiy yo’nalish O’zbekistonning kuchli davlat va o’ziga to’q mamlakatga aylanganidan dalolat beradi”, dedi professor.
“Jahon” AA, Almati