«QUDUQ» FILMI QOZON XALQARO KINOFESTIVALIDA QATNASHADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan, rejissyor Mansur Abduxoliqov tomonidan suratga olingan «Quduq» badiiy filmi 5-11 sentyabr kunlari XI marotaba tashkil etiladigan Qozon xalqaro kinofestivali (Tatariston, Rossiya) asosiy tanlov dasturiga kiritildi, deb xabar beradi «O’zbekkino» Milliy agentligi.
2015 yilgi Qozon xalqaro kinofestivali saralash komissiyasi tanlov uchun yuborilgan 700 dan ortiq kinoasarlar orasidan 25 mamlakatning 50 filmi (10 tadan to’liq metrajli, qisqa metrajli, to’liq metrajli hujjatli, qisqa metrajli hujjatli va animatsion filmlar)ni tanlab oldi. E’tiborli tomoni, to’liq metrajli badiiy filmlarning asosiy tanlov dasturidan «Quduq» filmi ham o’rin olgan.
2013 yili suratga olingan «Quduq» badiiy filmi voqyealari sobiq Ittifoq davrida, dasht bag’ridagi qishloqda bo’lib o’tadi. Bosh qahramon Lallay bir umr qishloq ahliga quduq qazib berish bilan shug’ullanadi. U qilgan mehnati uchun hyech kimdan hyech narsa ta’ma qilmaydi, hayotining mazmunini odamlarga yaxshilik qilishda, ularning og’irini yengil qilishda deb biladi.
Film bosh qahramoni quduq qazish jarayonida turli voqyealarga guvoh bo’ladi, turfa tabiatli kishilar bilan muloqot qiladi. Hayotda ko’rgan-kechirganlarini umumlashtirib, o’zicha muayyan xulosalar chiqaradi. Filmda aktyorlardan Muhammadiso Abulhayirov, Lola Eltoyeva, Abduxalil Mignorov, Yulduz Hamidova, Farhod Xudoyberdiyev, Sayfiddin Meliyev kabilar suratga tushgan.
Ma’lumot uchun, «Quduq» filmi bungacha 2014 yili Rossiyaning Anapa shahrida tashkil etilgan XXIII «Kinoshok» kinofestivalining asosiy tanlov dasturida ham qatnashgan edi.
«Jahon» AA