QULAY IMKONIYATLAR MAYDONI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“O‘zko‘rgazmasavdo” markazida Toshkent shahri va viloyati hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi ish boshladi. Unda to‘rt yuzga yaqin korxona o‘z mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda.
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari N.Husanov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligidaiqtisodiyotning muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani izchil rivojlantirish, tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor o‘zining yuksak samaralarini berayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-martdagi «2016-yilda Xalqaro sanoat yarmarka va Kooperatsiya birjasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan yarmarka turli yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning o‘zaro hamkorlik qilishida muhim ahamiyat kasb etayotir.
Yarmarkada yangi mahsulotlar taqdimoti o‘tkazildi. Unda ishlab chiqarish jarayoniga ilg‘or texnologiyalar joriy qilish, mahalliylashtirish dasturi samaralari va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Ayni vaqtda Toshkent shahri va viloyatida 17,5 mingdan ziyod turli sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning aksariyati mahalliylashtirish dasturi asosida ishlamoqda. Sanoat ishlab chiqarishning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi Toshkent shahrida 25,2, Toshkent viloyatida 31,5 foizni tashkil etmoqda.
Yarmarkada elektrotexnika, metallurgiya, mashinasozlik, qurilish materiallari sanoati, farmatsevtika, tibbiyot, oziq-ovqat va qayta ishlash, yengil sanoat, charm-poyabzal, kimyo, mebel, chinni mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqa sohalarga ixtisoslashgan korxonalar faol ishtirok etmoqda.
UzA