QUVAYT MILLIY MAJLISI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 27-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizga tashrif buyurgan Quvayt Davlati Milliy majlisining Birinchi Do‘stlik qo‘mitasi raisi Saud Nashmi al-Xariji boshchiligidagi parlament delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida turli sohalardagi ikki tomon munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Oliy Majlisi va Quvayt Milliy majlisi o‘rtasidagi hamkorlikni izchil mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirishning qonuniy asoslarini hamda hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy negizini takomillashtirishni qo‘llab quvvatlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda Quvaytning Muvaqqat ishlar vakili Navvaf al-Sayer ishtirok etdi.
mfa.uz