QUVAYTLIK OLIMLAR: “O’ZBEKISTON BMT MINGYILLIK RIVOJLANISH MAQSADLARIDA AKS ETGAN VAZIFALARNI IZCHIL VA MUVAFAQQIYATLI AMALGA OSHIRMOQDA”
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Quvayt ilmiy-akademik doira vakillari “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyulari chog’ida BMT Taraqqiyot dasturining O’zbekistonda BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish bo’yicha qilgan ikkinchi ma’ruzasi haqida o’z fikr-mulohazalarini o’rtoqlashdilar.
Muhammad al-Fili, Quvayt universiteti huquq fakulteti professori, davlat va konstitutsiyaviy huquq bo’yicha mutaxassis:
— Ma’ruzada Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishishning asosiy omillari aniq ko’rsatib berilgan. Shuningdek, yaqin yillarda amalga oshirilishi lozim bo’lgan Mingyillik rivojlanish maqsadlari doirasidagi O’zbekiston oldidagi vazifalar belgilangan.
Mazkur maqsadlarning barcha sakkiz yo’nalishi bo’yicha O’zbekiston amalga oshirayotgan ulkan chora-tadbirlarni alohida ta’kidlab o’tishni istar edim.
Iqtisodiyotning barqaror o’sishi aholi salomatligni saqlash va sog’liqni saqlash sohasida qulay shart-sharoitlarni yaratish imkonini berdi. Bolalar o’limi sezilarli darajada qisqardi. Tibbiy xizmat ko’rsatishning yaxshilanishi natijasida yuqumli kasalliklar bilan kurash sohasida, xususan OITS tarqalishini oldini olish borasida salmoqli yutuqlarga erishildi. Mazkur soha ustuvor masala sifatida doim hukumat e’tiborida turibdi.
Yildan-yilga davlat budjetidagi sog’liqni saqlash sohasiga ajratilayotgan mablag’ miqdori ortib bormoqda. Mustaqillik yillarida bir necha yuzga yaqin sog’likni saqlash muassasalari qurib bitkazildi va ta’mirlandi.
Raafat Faxmi Misak, Quvayt ilmiy tadqiqotlar instituti tabiatni muhofaza qilish va jonli hayot haqidagi fanlar markazi professori:
— BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish bo’yicha O’zbekiston amalga oshirayotgan kompleks chora-tadbirlarni tahlil qilsak, mamlakat o’z oldiga qo’ygan vazifalarni izchil bajarib kelmoqda. O’zbekiston inqiroz davrida ham barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarini namoyish qilgan dunyoda kam sonli davlatlar qatoriga kiradi.
Tabiatni muhofaza qilish bo’yicha mutaxassis sifatida mamlakatingizda mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlarni alohida e’tirof etmoqchiman. Yuqoridagilar bilan bir qatorda mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha amalga oshirilgan islohotlar ichimlik suvini isrof qilishning kamayishiga hamda yerlarning meliorativ holatining yaxshilanishini ta’minladi. Energetika infratuzilmasini rivojlantirish natijasida iqtisodiyotning energiya sarfi darajasi kamaymoqda, atmosferaga ifloslantiruvchi chiqindilar tashlash qisqarmoqda.
Davlat budjetidan mazkur sohalar uchun ulkan hajmda mablag’ ajratilmoqda. Albatta yuqoridagi sohalarda amalga oshirilgan ulkan ishlar O’zbekistonning barqaror taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladi.
“Jahon” AA, El-Quvayt