RAG‘BAT IZLANISHGA UNDAYDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod memorial bog‘ muzeyida rassom Nafisa Gilmanovaning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori H.Aminov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy tasviriy san’atimizni izchil ravnaq toptirish borasida olib borilayotgan ezgu sa’y-harakatlarda ijodkor-o‘qituvchilar mehnatini har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, «ustoz-shogird» an’analarini izchil davom ettirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti dotsenti Nafisa Gilmanova O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan «Zamonaviy ruhda mahorat bilan yaratilgan natyurmort turkum asarlari uchun» maxsus diplomi bilan taqdirlangan. Shuningdek, u qator halqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etgan.
Ijodkorning «Beshik», «Oq yo‘l», «Kechki kapalak», «Sevgi ibodati», «Raqs», «Daryo bo‘yida», «Oq tuyalar», «Sharqiy karvon» kabi qator ijod mahsullari xorijiy davlatlar muzeylaridan o‘rin olgan.
Musavvir 2013-yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan «Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi», deb topilgan.
– Istiqlol yillarida mamlakatimizda o‘qituvchilarning sharafli va mashaqqatli mehnati e’zoz topdi, – deydi N.Gilmanova. – Prezidentimiz tomonidan biz pedagoglar mehnatini rag‘batlantirish yuzasidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor yanada samarali ijod qilish, o‘z ustimizda ishlashga hamda iqtidorli yoshlarning salohiyatini oshirishga undaydi.
O’zA