Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

RAG’BAT QANOT BAG’ISHLAYDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
RAG'BAT QANOT BAG'ISHLAYDI

Namanganda 2015 yili Qatarning Doxa shahrida boks bo’yicha o’tkazilgan XVIII jahon chempionatida kumush medalni qo’lga kiritib, Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiya o’yinlari yo’llanmasiga sazovor bo’lgan iqtidorli yosh sportchi Murodjon Ahmadaliyevni taqdirlashga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi, deb xabar beradi O’zbekiston Milliy axborot agentligi.

Viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlarining mas’ul xodimlari, murabbiylar, faxriy sportchilar, xalqaro musobaqalar g’oliblari, yoshlar va jurnalistlar ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida navqiron avlodning har tomonlama barkamol ulg’ayishi yo’lida ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik ularning ilm-fan, san’at, sport va boshqa sohalarda erishayotgan yutuqlariga puxta zamin yaratayotgani ta’kidlandi.

Bugungi kunda viloyatdagi 3 mingdan ziyod zamonaviy sport inshootida 300 mingdan ortiq o’g’il-qiz sport bilan shug’ullanmoqda. Yaratilgan bunday keng imkoniyatlar samarasida o’tgan yili viloyat yosh sportchilari mamlakat va xalqaro miqyosdagi turli musobaqalarda 367 oltin, 354 kumush, 512 bronza medalni qo’lga kiritdi. Ayni paytda Prezidentimizning 2013 yil 25 fevraldagi “O’zbekiston sportchilarini 2016 yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo’lib o’tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o’yinlariga tayyorlash to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, sportchilarni Osiyo va jahon chempionatlari, Olimpiya o’yinlariga puxta tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Murodjon namanganlik yoshlar orasida birinchi bo’lib Olimpiada yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

— Doxadagi musobaqada 56 kilogramm vaznda ringga chiqib, finalgacha barcha raqiblarimni yengdim, - deydi M.Ahmadaliyev. - Bu g’alaba, o’z navbatida, men uchun Olimpiya o’yinlariga yo’l ochdi. Ayni paytda O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida o’qish bilan birga, sport olamining eng nufuzli musobaqasida kuchli raqiblar bilan kechadigan bahslarga jiddiy tayyorgarlik ko’ryapman. Nasib etsa, Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlab, Vatanimizga Olimpiada g’olibi sifatida qaytishni maqsad qilganman.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so’zga chiqdi.