RANGLAR JILOSIDA ISTIQLOL MADHI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Termiz shahridagi Yoshlar markazida Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan “Men shu yurt farzandiman” deb nomlangan tasviriy san’at asarlari, sopol va chinni buyumlar ko‘rgazmasi ochildi.
“Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida tashkil etilgan ko‘rgazmada O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, taniqli rassom Tursunpo‘lat O‘roqov hamda Respublika dizayn kolleji o‘quvchisi, termizlik yosh rassom Muhayyo Abdusattorovaning asarlari namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Prezidentimiz rahnamoligida ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning intilish va tashabbuslarini munosib rag‘batlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.
Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida tashkil etilgan ko‘rgazmada taniqli musavvir T.O‘roqovning “Boysun temir yo‘llari”, “Surxon yodgorliklari”, “Kechki sokinlik”, “Uchqizilda kuz” kabi asarlari, obod va farovon turmushimizni aks ettirgan rang-barang etud va natyurmortlari, yosh rassom M.Abdusattorovaning nafis kulolchilik buyumlari va “Sokin bolalik”, “Ona mehri”, “Yoz zavqi” singari asarlari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
– Kollejda chinni va sopol buyumlar usta rassomi yo‘nalishi sirlarini qunt bilan egallamoqdaman. Joriy yilda kollejimizda “Bahor ifori” nomli shaxsiy ko‘rgazmamni namoyish etdim, – deydi M.Abdusattorova. – Ushbu ko‘rgazmada namoyish etilayotgan sopol va chinni buyum hamda tasviriy san’at asarlarim ko‘pchilikka manzur bo‘layotganidan xursandman. Biz, yoshlarning orzu-maqsadlari ro‘yobi yo‘lida ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar uchun Prezidentimizdan minnatdormiz.
O‘zA