“RANGLAR JILOSIDA ONA DIYOR MADHI” KO’RGAZMASI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Nukusda, O’zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limining ko’rgazmalar zalida “Ranglar jilosida ona diyor madhi” mavzuiga bag’ishlangan ekspozitsiya ochildi, deb xabar beradi O’zbekiston Badiiy akademiyasining matbuot xizmati.
Ushbu tadbirni tashkil etishdan ko’zlangan maqsad rassomlar asarlari vositasida mustaqillik yillari davomida mamlakatimiz erishgan muvaffaqiyatlar bilan jamoatchilikni tanishtirishdir.
O’zbekiston Mustaqilligining 24 yilligiga bag’ishlangan mazkur ko’rgazmadan qoraqalpoq rassomlarining asarlari joy olgan. Ularda tabiat, xalqning an’analari va urf-odatlari, zamondoshlar hayoti hamda ona-Vatan mavzulari o’z ifodasini topgan.
“Jahon” AA