RAQIBLAR MA’LUM BO’LDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2018-yilning 7-22-aprel kunlari Iordaniyada futbol bo’yicha ayollar o’rtasida Osiyo chempionati bo’lib o’tishidan muxlislarning xabari bor.
Avvalgi haftada Osiyo futbol konfederatsiyasi tashabbusi bilan futbol bo’yicha ayollar o’rtasida o’tkaziladigan Osiyo chempionatiga saralash bahslariga qur’a tashlandi. Qur’aga ko’ra O’zbekiston ayollar terma jamoasi "B" guruhidan o’rin egalladi. Endi ayollarimiz saralash bahslarida Janubiy Koreya, Hindiston, Gongkong va KXDR terma jamoalariga qarshi g’oliblik uchun kurash olib borishadi. Darvoqe, Osiyo chempionati final bosqichi 4ta ishtirokchisi ma’lum. Ya’ni Iordaniya, Yaponiya, Avstraliya, Xitoy terma jamoalari Osiyo chempionatida ishtirok etishadi. Guruhlarda birinchi o’rinni egallagan jamoalar qit’a birinchiligida qatnashish huquqiga ega bo’lishadi.
"Toshkent oqshomi" gazetasi