Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

RAQS FESTIVALI YAKUNLANDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
RAQS FESTIVALI YAKUNLANDI

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida «Yoshlik zavqi» zamonaviy raqs ijrochilari ko‘rik-festivalining mamlakat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Yoshlar madaniyat va san’at markazi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yakka va jamoaviy guruhlar ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, iste’dodini qo‘llab-quvvatlashda dasturilamal bo‘lmoqda.

Quyi bosqichlarda ikki mingga yaqin yigit-qizning sahna madaniyati, ijro mahorati, aktyorlik qobiliyatini sinovdan o‘tkazgan tanlovning yakunida ikki yuzga yaqin raqqos va raqqosa bahslashdi. Ularning ijodiy chiqishlari yangiligi, sahna harakati, jamoaviy hamkorligi kabi jihatlari madaniyat va san’at arboblari, tomoshabinlar tomonidan baholab borildi.

Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi o‘quvchisi Asal Qayumova bolalikdan raqs bilan shug‘ullangan. Milliy va jahon raqs san’ati namunalarini yaxshi o‘rgangan. Uning Odilbek Kojambergenov bilan birga ijro etgan raqsi «Eng yaxshi zamonaviy raqs» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Shuningdek, festivalda «Artistik mahorati uchun», «Original g‘oya uchun», «Eng yosh ishtirokchi», «Eng yaxshi estrada sport raqsi», «Plastik ijro uchun», «Muxlislar olqishi uchun», «Eng yosh jamoa» kabi yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, diplom hamda sovg‘alar bilan taqdirlandi.

San’at ustalari va ijodkor yoshlar ishtirokida konsert namoyish etildi.

WWW.UZA.UZ