REGBI BO’YICHA ENG KUCHLI JAMOALAR ANIQLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Nukusda regbi-7 bo’yicha erkaklar va xotin-qizlar o’rtasida O’zbekiston kubogi musobaqalari yakunlandi, deb xabar beradi O’zbekiston Milliy axborot agentligi.
Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan Regbi-7 sport turi mamlakatimiz yoshlari o’rtasida tobora ommalashib bormoqda. Qoraqalpog’iston Respublikasida regbi federatsiyasi tashkil etilib, yoshlarni bu sport turiga qiziqtirish, malakali murabbiylar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O’zbekiston kubogi musobaqasida Toshkent shahri, Andijon, Farg’ona, Namangan, Jizzax, Samarqand, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi jamoalari ishtirok etdi.
— O’tgan yilga nisbatan bu yil jamoalarning tayyorgarligi juda yaxshi, - deydi O’zbekiston regbi federatsiyasi menejeri Anatoliy Shirov. - Shunga monand o’yin sur’ati va sifati ham oshgan, sportchilarning texnikasi yuqori. Bu o’yinchilarimizning professional darajasi ortib borayotganini ko’rsatadi.
Keskin kurashlar ostida o’tgan musobaqa yakunida erkaklar o’rtasida Jizzax viloyati jamoasi birinchi o’rinni egallab, kubok sohibi bo’ldi. Ikkinchi o’rin Toshkent shahri jamoasiga, uchinchi o’rin esa farg’onalik regbichilarga nasib etdi.
Xotin-qizlar o’rtasida Toshkent shahri jamoasiga teng keladigani topilmadi. Qoraqalpog’istonlik sportchilar ikkinchi, Farg’ona viloyati jamoasi uchinchi bo’ldi.
"Jahon" AA