REGBI BO‘YICHA OSIYO CHEMPIONATI BOSHLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkent viloyatidagi “Do‘stlik” stadionida regbi-15 bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionatining ikkinchi divizion bahslari boshlandi.
Mazkur musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz regbi federatsiyasi va Osiyo regbi uyushmasi (ARFU) hamkorligida tashkil etildi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jismonan va ma’nan sog‘lom avlodni tarbiyalash, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasida mamlakatimizda ko‘plab sport turlari, jumladan, regbi ham rivojlanmoqda.
2004-yili tashkil etilgan O‘zbekiston regbi federatsiyasi 2006-yili Osiyo regbi uyushmasiga a’zo bo‘ldi. 2014-yil 14-mayda Xalqaro regbi uyushmasining to‘la huquqli a’zoligiga qabul qilindi. Federatsiya tomonidan mazkur sport turini yanada rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ommalashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur sport turiga qiziquvchi yoshlardan iborat jamoalar ishtirokida erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida mamlakat chempionati, turli musobaqalar muntazam o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulot va musobaqalarni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish, xalqaro maydonda yuksak natijalar ko‘rsatishga qodir sportchilarni tayyorlash, terma jamoalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Regbi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari qit’a miqyosidagi musobaqalarda muntazam qatnashib kelmoqda.
O‘zbekiston xotin-qizlar terma jamoasi regbi-15 bo‘yicha 2008-yilgi Osiyo chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritgan. 2012-yili Pokistonda regbi-7 bo‘yicha qit’aning eng kuchli olti terma jamoasi hamda Irlandiya va Yangi Zelandiya sportchilari ishtirokida o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston vakillari uchinchi o‘rinni egalladi. 2013-yili Malayziyada regbi-7 bo‘yicha tashkil etilgan yigirma yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida yoshlarimiz munosib qatnashdi. O‘zbekiston xotin-qizlar terma jamoasi a’zolari 2014-yili Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tgan XVII Osiyo o‘yinlarida tajriba va mahoratini oshirdi.
2015-yil mart oyida Hindistonning Chennay shahrida regbi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston xotin-qizlar terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Mamlakatimizda o‘tgan regbi bo‘yicha Osiyo chempionati uchinchi divizion bahslarida terma jamoamiz munosib ishtirok etib, ikkinchi divizionga chiqdi.
Mazkur divizionda O‘zbekiston, BAA, Guam va Tailand terma jamoalari g‘oliblik uchun bahslashmoqda. Unda g‘olib bo‘lgan jamoa birinchi divizionga chiqish imkonini beradigan pley-off musobaqalarida qatnashadi.
O’zA