REGISTONGA 3 KUNDA 2 MINGDAN ORTIQ SAYYOH KELDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 28-dekabrdagi “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan yurtdoshlarimiz Yangi yil bayramida besh kun uzluksiz dam oldi.
Bu xalqimizning maroqli hordiq chiqarishi, dam olish kunlarida yurtimiz bo‘ylab sayohatga chiqishi uchun qulay imkoniyat yaratdi. Bayram kunlarida Samarqand shahri ham ana shu imkoniyatdan samarali foydalangan sayohatchilar bilan gavjum bo‘ldi.
– Samarqandni ziyorat qilishni anchadan buyon niyat qilib yurardim, – deydi xorazmlik 86 yoshli Abdulla Saidov. – Lekin o‘g‘lim ishidan bo‘sh vaqt topolmayotgani uchun sayohatimiz orqaga surilib kelayotgandi. Yangi yil bayrami munosabati bilan besh kunlik uzluksiz dam olish kunlari belgilangani juda yaxshi ish bo‘ldi. Mana samarasi, biz ham Samarqanddamiz. Ziyoratimizni Imom Buxoriy qadamjosidan boshlab, yana ko‘plab tarixiy obidalarni ko‘rdik. Birinchi Prezidentimiz ruhi poklariga tilovat qildik. Shu tariqa Yangi yilni yangicha kuch-g‘ayrat, ruhiy yengillik bilan boshladik.
– Ish yuzasidan Samarqandga ko‘p kelgan bo‘lsam-da, vaqt tig‘izligidan shahardagi tarixiy-madaniy obidalarni tomosha qila olmaganman, – deydi farg‘onalik Muhammadjon G‘aniyev. – Bu gal qulay imkoniyat tufayli Samarqandga butun oilamiz bilan kelib Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda yodgorligi, Registon majmuasi va boshqa maskanlarni ziyorat qildik. Chet davlatlarda odamlar bayramni sayohat qilib nishonlashini eshitardik. Yaratganga shukr, bugun biz ham ana shunday baxtga erishib turibmiz. Oila a’zolarimizning barchasi Yangi yildagi sayohatdan mamnun.
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridan Maryam Qurbonova Samarqandga uch o‘g‘li, kelini va nabiralari bilan kelgani, Amir Temur maqbarasi va Hazrati Xizr majmuasi ziyoratidan ruhiy quvvat olganini ta’kidladi.
– Katta o‘g‘lim Anvarjonga “Meni Samarqandga – Birinchi Prezidentimiz haykallariga olib bor”, degandim bu taklif boshqa farzandlarimga ham ma’qul kelib, barchamiz sayohatga chiqdik, – deydi onaxon. – Samarqand yana ham ko‘rkam, go‘zal shahar bo‘libdi. Bir olam taassurot oldik. Ayniqsa, xalqimizning ikki buyuk farzandi – Sohibqiron Amir Temur va Islom Karimov mangu orom topgan maskanlarni ziyorat qilganimiz Yangi yilning ilk ezgu amallari bo‘ldi.
Samarqand shahridagi Registon majmuasi rahbariyati ma’lumotlariga ko‘ra, Yangi yilning dastalabki kunlarida ushbu maskanni 2 mingdan ortiq mahalliy, 200 ga yaqin xorijlik sayyoh tomosha qilgan.
– Prezidentimiz farmoniga ko‘ra, 2018-yilda yurtimizda nishonlanadigan bayram sanalarida qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangani ichki turizmni rivojlantirishda ham muhim omil bo‘lishiga guvoh bo‘ldik, – deydi Registon ansamblini ta’mirlash va undan foydalanish mustaqil direksiyasi rahbari Behruz Ma’rufiy. – Har yili Yangi yil bayrami kunlari sayyohlar oqimi keskin kamayib ketardi. Bu yil esa, aksincha, shu kunlarda sayohatga keluvchilar har qachongidan ko‘paydi. Besh kunlik dam olish paytida yurtimizning turli hududlaridan yurtdoshlarimiz kelib Samarqandni ziyorat qilishdi. Biz ham ular uchun qulay imkoniyatlar yaratib, sayohatlari mazmunli o‘tishi uchun zarur shart-sharoit yaratib berdik.