Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH – SAMARADORLIK OMILI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH – SAMARADORLIK OMILI

Prezidentimiz Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Sohada nafaqat paxta va g‘alla, balki meva-sabzavotchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik va chorvachilik kabi tarmoqlar ham jadal rivojlanmoqda. Yer maydonlarining optimallashtirilishi natijasida o‘tgan yilda 17 ming 500 dan ortiq yangi fermer xo‘jaligi va 250 mingdan ziyod yangi ish o‘rni tashkil etildi. Ko‘proq yutuqlarga erishilishida agrar qonunchilikni takomillashtirish, yer, suv resurslaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish dolzarb ahamiyatga molik.

Toshkent davlat yuridik universitetida agrar soha qonunchiligini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlab tashkil etilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida shular haqida so‘z bordi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Ekologik harakati, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fermerlar kengashi mas’ul xodimlari, olimlar ishtirok etdi.

– O‘zbekiston BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotiga a’zo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgan 14 davlatdan biridir, – deydi Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti Matluba Mirzaabdullayeva. – Bunda ekin maydonlarining optimallashtirilayotgani va zamonaviy agrotexnologiyalarning joriy etilayotgani alohida o‘rin tutmoqda.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, Mehnat kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlaridan kelib chiqib, yer, mulk, tashkiliy-boshqaruv va mehnat munosabatlarining maqsadi, vazifasi, obyekt va subyektlari, ushbu sohadagi subyektlarning huquqlari, majburiyatlari, agrar soha davlat tomonidan tartibga solinishining o‘ziga xos jihatlari tahlil etildi. Sohadagi mavjud muammolar, ularning yechimlari xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

WWW.UZA.UZ