RIO-2016: HASANBOY DO’SMATOV ILK OLTIN MEDAL SOHIBI BO’LDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Hamyurtimiz Hasanboy Do‘stmatov Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Vazni 49 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan Hasanboy Do‘stmatov meksikalik Xoselito Velaskesni, qozog‘istonlik Birjan Jakipovni, AQSh vakili Niko Migel Xernandesni mag’lubiyatga uchratib, finalga chiqdi.
Olimpiya o‘yinlarining oltin medali uchun kechgan final bahsida Hasanboy Do‘stmatov kolumbiyalik Yuberxen Xerney Martinesdan ochkolar hisobiga ustun keldi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
"Jahon" AA, Rio de Janeyro