RIO-2016: RUSLAN NURUDINOV - OLIMPIADANING YANGI REKORDCHISI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Munosib namoyish va munosib g’alaba! U 2012-yili London Olimpiadasida 4-o’rinni egallagan edi. Bu gal Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo’lib o’tayotgan XXXI yozgi Olimpiya o’yinlarida og’ir atletika bo’yicha 105 kilogramgacha bo’lgan vazn toifasida mohir sportchimiz Ruslan Nurudinov oltin medalni qo’lga kiritdi hamda olimpiadaning yangi rekordini o’rnatishga muvaffaq bo’ldi.
Mamlakatimiz hisobidagi ikkinchi oltin medalni qo’lga kiritgan Ruslan Nurudinov shtangani dast ko’tarishda 194, siltab ko’tarishda 237, ikkikurash yakuniga ko’ra 431 kilogramm natijani qayd etib, Olimpiya o’yinlari chempioniga aylandi. Uning siltab ko’tarish bahslarida ko’rsatgan natijasi Olimpiadaning yangi rekordi sifatida e’tirof etildi.
Musobaqada kumush medal armanistonlik Simon Martirosyanga (417 kg), bronza medali esa qozog’istonlik Aleksandr Zaychikovga (416 kg) nasib etdi.
“Jahon” AA, Rio de Janeyro