ROBERT SHUMAN VATANIDA O’ZBEK MUMTOZ MUSIQASI NAMOYISHI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mashhur nemis bastakori Robert Shumanning Bonn shahrida joylashgan uy-muzeyida Germaniya-O’zbekiston do’stlik jamiyati tomonidan mamlakatimizning Frankfurtdagi bosh konsulxonasi ko’magida tashkil etilgan o’zbek mumtoz musiqasiga bag’ishlangan kecha bo’lib o’tdi.
Madaniy tadbirda Germaniya ijtimoiy-siyosiy, ishbilarmon va ilmiy-akademik doiralari vakillari hamda ijod ahli mehmon bo’lishdi. Milliy musiqamiz namunalaridan bahramand bo’lish bilan birga ishtirokchilar O’zbekiston bastakorlarining mumtoz va zamonaviy asarlari bilan tanishish imkoniyatiga eg bo’ldilar.
Kechada dunyo va o’zbek musiqasi durdonalari ikki mamlakat sozandalari tomonidan ijro etildi.
Konsert dasturi Yevropa jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. O’z taassurotlari bilan o’rtoqlashar ekan, Robert Shuman uy-muzeyi direktori Zilke Kovar san’at kechasi madaniyatlar, musiqiy janrlar va yo’nalishlarning tarixiy uyg’unligini o’zida namoyon etgan o’zbek mumtoz musiqasi olamiga o’ziga xos darcha bo’lganini ta’kidladi.
— Men bunday ajoyib musiqani birinchi marta eshitishim va buni o’zim uchun yangi bir kashfiyot sifatida qabul qildim, - dedi Z.Kovar. - O’zbek mumtoz musiqasi qalbingizni hayratga soladi va ilhomlantiradi, xalqingiz madaniyati bilan yaqindan tanishish istagini uyg’otib, bu kabi g’aroyib kuylar tug’iladigan O’zbekistonga borishga va o’sha ilhombaxsh muhitni his etishga chorlaydi.
Germaniya-O’zbekiston do’stlik jamiyati a’zosi Marina Luiza Shmidt musiqa insoniyatning barcha tushunadigan tili hisoblanar ekan, bu kabi tadbirlar xalqlarni yaqinlashtirishga xizmat qilishini qayd etdi.
— Bugun yangragan asarlar O’zbekistonda mumtoz musiqaning yuksak darajada rivojlanganini namoyon etadi va bu mamlakatingiz xalqining boy tarixiy-madaniy, ijodiy meros sohibi ekanligini anglatadi.
“Jahon” AA, Frankfurt- Bonn