ROSSIYA DELEGATSIYASINING O‘ZBEKISTONGA TASHRIFI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yilning 22-dekabr kuni Toshkent shahriga Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi a’zolari tashrif buyuradi.
Turli darajadagi O‘zbekiston-Rossiya kelishuvlarini va mamlakatlarimiz o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar rejasini amaliy tatbiq etish doirasida ikki mamlakatning tegishli tuzilmalari vakillari tomonidan baliqchilik va suvga bog‘liq mahsulotlar yetishtirish sohalarida istiqbolli hamkorlik loyihalari muhokama qilinadi.
Rossiya delegatsiyasiga qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Yevgeniy Gromiko boshchilik qiladi.