ROSSIYA MINTAQALARIDA O’ZBEKISTONGA BAG’ISHLANGAN BIZNES-FORUM BO’LIB O’TDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk va Krasnoyarsk o’lkalarida O’zbekiston savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyatiga bag’ishlangan biznes-forum o’tkazildi.
Mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi va Novosibirskdagi bosh konsulligi tomonidan tashkil qilingan mazkur tadbirda mahlliy hokimiyat, vazirlik va idoralar, deputatlik korpusi, yetakchi ishlab chiqaruvchi va savdo kompaniyalari vakillari, taniqli jamoatchilik va ilm-fan arboblari hamda Rossiya OAV ishtirok etdilar.
Uchrashuv chog’ida asosiy e’tibor O’zbekiston taraqqiyotining yuqori makroiqtisodiy ko’rsatkichlari, mamlakatimizning istiqlol yillarida erishgan muvafaqqiyatlari, shuningdek, amalga oshirilayotgan sarmoyaviy siyosat va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yanada erkinlashtirish jarayoniga qaratildi.
Yuqoridagilar bilan birga tadbir ishtirokchilari e’tiboriga mamlakatmizning sayyohlik salohiyati ham namoyish etildi. Xususan, joriy yilning 1-mayidan 31-oktabriga qadar Italiyaning Milan shahrida o’tkazilayotgan “Expo Milano 2015” xalqaro ko’rgazmasidagi yurtimizning milliy bo’lmasi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Biznes-forumda so’zga chiqqan Novosibirsk shahri Savdo-sanoat palatasi prezidenti Yuriy Bernadskiy O’zbekistonning iqtisodiy muvafaqqiyatlari va yurtimizda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratib berilgan qulay shart-sharoitlar barcha uchun namuna vazifasini bajarishini ta’kislagani holda rossiyalik ishbilarmonlarning Respublikamizda o’tkazilayotgan biznes forumlar va ko’rgazmalarga nisbatan qiziqish tobora ortib borayotganini aytib o’tdi.
O’z navbatida Novosibirsk viloyati Iqtisodiy rivojlanish vazirligi Sarmoyaviy siyosat va iqtisodiyotni hududiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig’I Lev Reshetnikov mamlakatimizning yuqorida e’tirof etilgan muvafaqqiyatlarini yuksak baholadi va istiqbolda amalga oshirish uchun mavjud sarmoyaviy loyihalar ro’yxati bilan almashish lozimligini ta’kidladi.
“Sibirskoe soglashenie” Ijroiya qo’mitasi raisi o’rinbosari Sergey Tixomirov O’zbekiston o’z mintaqasida yetakchi mamlakat bo’lib kelgani va ushbu maqomni saqlab qolganini aytib o’tdi hamda yetakchi iqtisodiy jabhalarda, jumladan, sanoat va qishloq xo’jaligi singari sohalarda o’zbek kompaniyalari bilan o’zaro hamkorlikni mustahkamlash ikki mamlakat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarning yanada rivojlanishiga yangi turtki berishini aytib o’tdi.
Biznes-forum chog’ida Krasnoyarsk o’lkasi Qonunchilik kengashi qishloq va agrosanoat majmuasi ishlari bo’yicha qo’mitasi raisi Valeriy Sergienko mamlakatimiz erishgan muvafaqqiyatlar haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirar ekan quyidagilarni ta’kdladi:
“Hududimiz biznes doiralari vakillari O’zbekistonga tez-tez borib turishlari lozim, chunki u yerda o’rnak olish kerak bo’lgan narsalar juda ko’p…”
V.Sergienkoning fikriga ko’ra, o’zbek plastmassa va kompozit materiallari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini mazkur hududga eksport qilish O’zbekiston va Krasnoyarsk o’lkasi o’rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning istiqbolli yo’nalishiga aylanishi mumkin. Shuningdek, farmatsevtika va texnologiyalarni faol transfer qilish singari sohalar ham alohida qiziqish uyg’otadi.
“Kraypotrebsoyuz” kengashi raisi Vyacheslav Ivanov mamlakatimiz bilan hamkorlik tajribasini yuqori baholadi. Shu o’rinda Rossiya tomonidan tegishli ko’rgazmalardan manfaatdorlik va mazkur hududda O’zbekiston savdo uyini tashkil qilishga tayyorlik ekanliklari bildirib o’tildi.
“Yuqoridagilarning barchasi O’zbekistondan keng turdagi mahsulotlarni import qilish uchun zamin yaratadi”, - dedi V.Ivanov.
“Jahon” AA, Moskva