ROSSIYA OAV: “O’ZBEKISTONNING FUQAROLIK INSTITUTLARINI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA SA’Y-HARAKATLARI XORIJIY MAMLAKATLARDA YUQORI BAHOLANMOQDA”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Rossiyadagi “Vesti Urala” axborot portalida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida O’zbekiston tajribasini ko’rib chiqishga bag’ishlab Parijda o’tkazilgan davra suhbatiga doir maqola e’lon qilindi.
Manbaaning xabar qilishicha, davra suhbati ishtirokchilari O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishini qo’llab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Nashrning qayd etishicha, O’zbekistonning ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar rivojlanishidagi dolzarb vazifalarini hal etishda nodavlat notijorat tashkilotlari faol ishtirokini rivojlantirish hamda qo’llab-quvvatlash yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarga hamda ular faoliyatining me’yoriy-huquqiy zamini mustahkamlanayotganiga fransiyalik ekspertlar yuqori baho berdilar.
Bundan tashqari, “Vesti Urala” o’tgan yil oxirida mamlakatimizda O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarining IV Milliy forumi bo’lib o’tgani hamda Milliy forumning hududiy bosqichlarida 2,5 mingdan ortiq NNT va davlat organlari vakillari ishtirok etgani bilan ham o’z o’quvchilarini tanishtirgan. Maqolada fuqarolar tashabbuskorligida tashkil qilinadigan mahalliy o’zini o’zi boshqarishning muhim instituti - mahallaning o’rni va ahamiyati haqidagi ma’lumotlar ham o’z ifodasini topgan.
Maqola intihosida O’zbekistonning fuqarolik jamiyati chuqur tarixiy ildizlarga ega bo’lgani holda, o’zbek xalqining an’analari va ma’naviy qadriyatlariga asoslanishi qayd etilgani barobarida mamlakatimiz rivojlanishining o’ziga xosliklari, aholining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ongi har tomonlama hisobga olingan holda, fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi hamda rivojlanishiga ko’maklashish sohasidagi demokratik o’zgarishlar jamiyat va davlat qurilishining boshqa sohalaridagi demokratlashtirish hamda modernizatsiyalash jarayonlari bilan yaqin aloqadorlikda tizimli, izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlangan.
“Jahon” AA