Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti ma’lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.
Suhbat avvalida Vladimir Putin davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan chin dildan muborakbod etib, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida yuksak darajaga erishilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Keyingi yillarda birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli ikki tomonlama aloqalar aniq mazmun bilan boyigani ta’kidlandi.
Hukumatlararo institutlar samarali faoliyat yuritmoqda, tovar ayirboshlash hajmi izchil ortmoqda, Rossiyaning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston va Rossiya hududlarining amaliy hamkorligi faollashdi. Ta’lim va madaniy-gumanitar sohalarda almashinuvlar borasidagi hamkorlik misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarildi.
Muloqot chog‘ida davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarga doir va xalqaro ahamiyaga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar hamda bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.
O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari mamlakatlarimiz xalqlarining ravnaqi yo‘lida, butun Markaziy Osiyo barqarorligi va taraqqiyotini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli sheriklikni yanada rivojlantirish borasidagi intilishi qat’iy ekanini tasdiqladilar.
TOSHKENT, 24 iyul. /«Dunyo» AA/.