ROSSIYADA O’ZBEKISTON FUQAROLARINING IJTIMOIY VA MEHNATGA OID HUQUQLARINI HIMOYA QILISH YO’LIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Moskvaga tashrif buyurgan O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi delegatsiyasi ikki mamlakat o’rtasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalasini muhokama qilmoqda.
Mamlakatimiz mutaxassislari Rossiya Ichki ishlar vazirligining Migratsiya masalalari bo’yicha bosh boshqarmasida ikki davlat ixtisoslashgan idoralari tomonidan ishlab chiqilgan O’zbekiston fuqarolarining RF hududlarida mehnat faoliyatini olib borishlari uchun uyushtirilgan holda jalb etish (to’plash) va yollash to’g’risidagi hukumatlararo bitim yuzasidan fikr almashdilar.
Shu bilan birga mamlakatimizning Moskva shahridagi diplomatik vakolatxonasida “O’zbekiston Respublikasining kadrlar salohiyati” mavzusida taqdimot o’tkazildi. Bundan tashqari, Rossiyaning ixtisoslashgan vazirlik va idoralari, ishbilarmon doiralari hamda OAV vakillari uchun brifing tashkil etildi. Unda tadbir ishtirokchilari mavzuga oid batafsil ma’lumotlar bilan tanishdilar. Xususan, O’zbekistonning mehnat migratsiyasi sohasida Rossiyada mamlakatimiz fuqarolarining kafolatlangan kuzatuvi hamda huquq va manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlaydigan zamonaviy tamoyillar asosidagi hamkorlikni kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Shu yilning 1-mart kuniga qadar davom etadigan tashrifi doirasida O’zbekiston Mehnat vazirligi delegatsiyasi Rossiyaning bir qator Markaziy federal okruglarida bo’lishadi.
Ishlab chiqilgan yo’nalish rejasiga ko’ra, mamlakatimiz Mehnat vazirligi delegatsiyasi 2017-yil davomida RFning turli hududlariga borib, O’zbekistonning kadrlar salohiyati bo’yicha taqdimotlar hamda faoliyati mehnat migratsiyasi bilan bog’liq bo’lgan mahalliy ma’muriyat, vazirlik va idoralar, shuningdek, ulkan ish berish imkoniyatiga ega bo’lgan muassasalar vakillari bilan ushbu sohada hamkorlikni yo’lga qo’yish yuzasidan uchrashuvlar o’tkazishadi. Shu bilan birga Rossiyada foliyat yuritayotgan milliy-madaniy va jamoatchilik tashkilotlari a’zolari bilan turli tadbirlar o’tkazish ham rejalashtirilgan.
“Jahon” AA, Moskva