RUEY-MALMEZON MERI: “O’ZBEKISTONNING CHUQUR O’YLANGAN SARMOYAVIY SIYOSATI RESPUBLIKADA FRANSIYA KAPITALINING KO’PAYISHIGA KO’MAKLASHADI”
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Ilgari xabar qilinganidek, xorijiy mamlakatlar jamoatchiligi vakillari mamlakatimiz mustaqilligining 24 yillik bayrami munosabati bilan O’zbekiston xalqiga yo’llagan tabriknomalarning kelishi hamon davom etmoqda. Quyida Fransiya Milliy Assambleyasi deputati, Ruey-Malmezon shahrining meri Patrik Olye tomonidan bildirilgan samimiy tilaklar o’z ifodasini topgan.
— Do’st O’zbekiston xalqini ushbu qutlug’ sana bilan tabriklash va tinchlik-xotirjamlik hamda farovonlik tilash men uchun katta sharafdir, - deydi Ruey-Malmezon shahar meri. - Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to’rt yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim chog’ida bildirgan fikrlariga to’la qo’shilaman. Darhaqiqat, mustaqil rivojlanish yillari davomida respublika barcha sohalarda e’tiborga molik muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritgani holda zamonaviy, izchil rivojlanayotgan davlatga aylandi.
Men mamlakatda hayotga tadbiq etilayotgan tub demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishini diqqat bilan kuzatib kelaman. Ularning natijalari hammaning ko’z o’ngida turibdi - siyosiy partiyalar va parlament rolining mustahkamlanishi, fuqarolik jamiyatining faol rivojlanishi, qulay sarmoyaviy iqlimning yaratilgani ko’pmilliard dollarlik xorijiy kapital qo’yilmalarini jalb etish hamda minglab qo’shma ishlab chiqarish korxonalarini bunyod etish imkonini berdi.
O’zbekistonda yanada ko’proq Fransiya kompaniyalari faoliyat ko’rsatishini judayam istar edim. Savdo-iqtisodiy sohadagi salohiyatdan hali to’la foydalanilmagan va uni rivojlantirish uchun oldinda katta istiqbollar bor, deb o’ylayman. Ishonchim komilki, O’zbekistonning chuqur o’ylangan sarmoyaviy siyosati respublikada Fransiya kapitalining ko’payishiga ko’maklashadi.
15 yildirki, Ruey-Malmezon shahri shonli tarixiy shahar - Buxoro bilan birodarlik munosabatlarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirib kelayotgani mamlakatlarimiz o’rtasidagi o’zaro manfaatli hamkorlik kengayib va mustahakamlanib borayotganiga yaqqol misol bo’la oladi.
O’z tomonimdan bu ko’hna shahar bilan barcha sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga sodiqligimizni ta’kidlashni, shuningdek, hamkorlikning bundan keyingi istiqbolli yo’nalishlarini muhokama etishga hamisha tayyor ekanligimizni tasdiqlashni hohlar edim.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami munosabati bilan o’zbek xalqiga tinchlik va farovonlik tilash bilan birga mamlakat rahbariyati olib borayotgan siyosatni har jihatdan qo’llab-quvvatlashimni izhor etishni istar edim.
“Jahon” AA, Parij