RUSTAM SAGDULLAYEV «KINOSHOK» FESTIVALI HAKAMLARI TARKIBIGA KIRDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Rossiyaning Anapa shahrida 13-20-sentabr kunlari bo’lib o’tadigan MDH davlatlari, Latviya, Litva va Estoniya kinoijodkorlarining «Kinoshok» festivali jyurilari tarkibi e’lon qilindi.
Bu yili hakamlar hay’atini rejissyor Dmitriy Krimov boshqaradi. U bilan birga Rossiya kinooperatorlari gildiyasi prezidenti, Rossiya xalq artisti Igor Klebanov (Rossiya), rejissyor va ssenarist Aleksandr Kott (Rossiya), aktrisa va rejissyor Rano Kubayeva (Rossiya), Armanistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi David Muradyan (Armaniston), o’zbekistonlik aktyor va rejissyor Rustam Sagdullayev (O’zbekiston) hakamlar safidan joy olishgan, deb xabar beradi “O’zbekkino” milliy agentligi.
XXIV festival dasturidan to’liq va qisqa metrajli filmlar, bolalar va animatsion kino, telefilmlar va kinoalmanaxlar tanlovlari o’rin olgan. Festivalning bosh sovrini —«Oltin novda» eng yaxshi to’liq metrajli film uchun topshiriladi.
“Jahon” AA