Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

S.PRISNER: “O’ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILGAN BMT LOYIHALARINING UMUMIY HAJMI 434 MILLION AQSH DOLLARIDAN ZIYODNI TASHKIL ETADI”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
S.PRISNER: “O'ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILGAN BMT LOYIHALARINING UMUMIY HAJMI 434 MILLION AQSH DOLLARIDAN ZIYODNI TASHKIL ETADI”

Barqaror iqtisodiy o’sish va ijtimoiy yo’naltirilgan dasturlarni, xususan, ta’lim va sog’liqni saqlash sohalaridagi dasturlarni hayotga tadbiq etish Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish ishida O’zbekiston uchun ildam taraqqiyotni qo’lga kiritish imkonini berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining O’zbekistondagi doimiy koordinatori Stefan Prisner “Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan bo’lib o’tgan muloqot chog’ida ana shunday bayonot berdi.

— O’zbekiston mustaqil rivojlanish yillari davomida o’zining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida salmoqli muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi, - dedi BMT vakili. - Respublikada boshlang’ich va o’rta maktablarda ta’lim sifatini oshirish, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, onalar salomatligini yaxshilash, OIV/OITS, sil kasalligi va bezgakka qarshi kurash, ekologik barqarorlikni ta’minlash yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar yuqori bahoga munosibdir.

Shuni qayd etish zarurki, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish O’zbekiston milliy rivojlanish strategiyasining eng muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi. Shu jihatdan 2015 yilning mamlakatda “Keksalarni e’zozlash yili”, deb e’lon qilingani inson manfaatlarini himoya qilish, jamiyat barcha a’zolarining farovonligini ta’minlash singari ezgu maqsadlarning haqqoniy va mantiqiy davomi bo’ldi.

O’z navbatida, BMT Taraqqiyot dasturi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi o’zbek tomoni bilan yaqin hamkorlikda keksalar hayotining darajasi va sifatini yaxshilash, ularning moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlanishi ko’lamlarini kengaytirish, keksa avlod vakillariga ko’rsatiladigan ijtimoiy, nafaqa va tibbiy xizmatlarni takomillashtirish bo’yicha turli loyihalar ustida ish olib bormoqda.

Umuman olganda, BMT va uning institutlari hamda O’zbekiston o’rtasidagi o’zaro hamkorlik munosabatlari o’suvchan sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Misol uchun, mamlakatda amalga oshirilgan BMT loyihalarining hajmi 434 million AQSh dollaridan ziyodni tashkil etadi. Moliyaviy mablag’lar davlat boshqaruvini mustahkamlash, atrof muhiti muhofazasi, qishloq xo’jaligi, sog’liqni saqlash, madaniyat, ilm-fan va ta’lim, energetika hamda kommunikatsiya sohalaridagi dasturlarga yo’naltirildi.

Fursatdan foydalangan holda shuni ishonch bilan aytishni istar edimki, BMT bo’linmalarining O’zbekistondagi barcha vakolatxonalari Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2016-2020 -yillarda rivojlanishga ko’maklashish bo’yicha dasturining ustuvor yo’nalishlarini hayotga tadbiq etishda ham milliy hamkorlar bilan birgalikda muvaffaqiyat bilan yelkama-yelka faoliyat olib borishadi.

So’zim so’nggida ulug’ bayramingiz - Mustaqillik kuni munosabati bilan o’zimning eng samimiy tilaklarimni izhor etaman. O’zbekistonga tinchlik va barqarorlik, uzluksiz taraqqiyot, uning xalqiga esa salomatlik va baxtu iqbol tilayman.

“Jahon” AA