S.XITRYAKOV: «SHARQ TARONALARI» O’ZINING RANG-BARANGLIGI VA BETAKRORLIGI BILAN BUTUN DUNYOGA TANILGAN»
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Joriy yil avgust oyining oxirida Samarqandda an’anaga aylanib qolgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali bo’lib o’tadi. Ushbu kuy-qo’shiq anjumani bu safar o’ninchi marotaba dunyo ijodiy jamoalarini o’z atrofiga to’playdi.
“Jahon” axborot agentligi muxbiri Kiyev shahrida Ukrainaning “Quvnoq musiqachilar” («Veseloye muzikanto») folklor ansambli rahbari Sergey Xitryakov bilan suhbatlashdi. U bo’lib o’tgan muloqot chog’ida o’zining quyidagi fikr-mulohazalarini bayon qildi:
— Eng avvalo, 2015-yil 25 – 30-avgust kunlari Samarqand shahrida bo’lib o’tadigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining o’ninchi, ya’ni yubiley anjumanida ishtirok etishga taklif uchun chin dilimdan minnatdorlik bildirishni istar edim.
Bu kuy-qo’shiq anjumani o’zining rang-barangligi va betakrorligi bilan butun dunyoga tanilgan.
Allaqachon an’anaga aylanib qolgan mazkur nufuzli va yirik musiqa festivalida ukrainalik san’atkorlarning qatnashishi menga alohida quvonch baxsh etmoqda.
Mamlakatingizda milliy qadriyatlarni avaylab asrash va ularni qayta tiklashga hamda o’zbek musiqa san’atini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
“Sharq taronalari”dek yuqori darajadagi xalqaro tanlovlar shunisi bilan ham qiziqarliki, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan juda ko’plab ijodiy jamoalarni ko’rish, o’zaro fikr almashish, ularning asarlari bilan tanishish, hatto o’z repertuaringni boyitish imkoniyati yaratiladi. Bu esa xalqlar o’rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishga, tinchlik va do’stlik rishtalarini mustahkamlashga ko’maklashadi.
“Jahon” AA, Kiyev