SABINA TOSHKENBOYEVA AEON CUP-2015 KUMUSH MEDALI SOHIBASI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida Aeon Cup-2015 badiiy gimnastika bo’yicha klublar o’rtasida jahon chempionati bahslari o’tkazildi.
Bu yilgi musobaqada Yaponiya, O’zbekiston,Avstriya, Ozarbayjon, Belarus, Belgiya, Rossiya, Italiya, Kanada, Vengriya, Gruziya, Malayziya, Estoniya va yana bir qator davlatlardan jami 20 jamoa g’oliblik uchun kurash olib bordi.
O’zbekiston sharafini himoya qilgan “Garmoniya Elit” jamoasi tarkibidan Anastasiya Serdyukova, Ravilya Farxutdinova va yosh sportchi Sabina Tashkenbayeva o’rin egallashdi.
Musobaqalar yakuniga ko’ra, Sabina Tashkenbayeva yosh gimnastikachilar o’rtasida o’tkazilgan shaxsiy hisobdagi musobaqada kumush medal sovrindori bo’ldi.
“Jahon” AA