SABINANING G‘ALABALI ODIMLARI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Xitoyda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan tashkil etilgan tennis bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasidagi xalqaro turnirda hamyurtimiz Sabina Sharipova munosib ishtirok etmoqda.
Turnirning yakkalik bahslarida Sabina birinchi davrada yaponiyalik Eri Xozumini yengib, ikkinchi davrada mezbon tennischi Fangjo Liuga imkoniyatni boy berdi.
Tennischimiz Janubiy Koreya vakili Su Jeong Jang bilan juftlik bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Sabina va Su dastlab yaponiyalik tennischilar Xiroko Kuvata va Riko Savayanagini 7:6, 3:6, 10:7; chorak finalda xitoylik Jiaxu Chen va Fang Ying Xunni 6:1, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi. Endi ular final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Xitoy Taypeyi vakili Ching-Ven Xsu va finlyandiyalik Emma Laynega qarshi kortga chiqadi.
O‘zA