Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“SAHRO DURDONASI”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“SAHRO DURDONASI”

Shveysariyada nashr etiladigan “Diva International Diplomat” jurnalining navbatdagi sonida ana shunday sarlavha ostida mamlakatimizning eng diqqatga sazovor maskanlaridan biriga aylangan Nukus shahrining Igor Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyiga bag’ishlangan maqola bosilib chiqdi.

Unda ma’lum qilinganidek, mazkur muzey me’moriy durdonalar va folklor, xalq amaliy san’ati va zamonaviy san’at asarlari bo’yicha Markaziy Osiyoning eng yirik to’plamlaridan biriga ega.

Buyuk Britaniyaning “The Guardian” gazetasi uni dunyodagi eng mashhur muzeylardan biri sifatida e’tirof etgan. Bugungi kunda ushbu muzeyda taxminan 90 ming asar, jumladan, tasviriy asarlar, surat va haykallar, Xorazmning qadimiy tamaddunidan boshlab to zamonaviy o’zbek va qoraqalpoq rassomlari ijodiga mansub minglab to’qimachilik va zargarlik buyumlari mavjud”, deb yozadi jurnal.

Maqolada Igor Savitskiyning tarjimai holi va uning ilg’or rassomlar ijodini saqlab qolish borasidagi sa’y-harakatlariga alohida e’tibor qaratilgan. “Mazkur soha mutaxassislarining ta’kidlashlaricha, bu san’atning tarixi ushbu to’plamdagi topilmalar munosabati bilan qayta yozilgan bo’lishi mumkin. Sahro odamlari va madaniyati bilan jiddiy qiziqqan Igor Savitskiy qoraqalpoq gilamlari, liboslari, qimmatbaho zeb-ziynatlari va boshqa san’at asarlarini qunt bilan to’plagan. Shu bilan bir vaqtda, u Markaziy Osiyo bilan bog’liq bo’lgan mualliflar suratlari, shuningdek, mashhur rus rassomlarining ijodi bilan ham qiziqqan”, deya xabar beradi “Diva International Diplomat”.

Shu o’rinda ta’kidlanishicha, Igor Savitskiyning nafaqat eng yaxshi asarlarni, balki tajriba shaklidagi ijod namunalarini ham to’plashga yondashuvi uning g’ayrioddiy jihatlaridan biri hisoblanadi.

“Jahon” AA, Jeneva