Saida Mirziyoeva davlat organlari matbuot xizmatlari sustligi va asossiz mish-mishlarga sabab bo‘layotgan omillar yuzasidan fikr bildirdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali davlat organlari matbuot xizmatlari faoliyatiga doir fikrlarini bayon qildi.
"Bu mavzu jurnalistlar tomonidan tez-tez ko‘tarilmoqda va axborot sohasi uchun muhim ahamiyatga ega. Mutaxassislarning bu boradagi fikrlari va xorijiy amaliyotni o‘rganib, mamlakatimiz vazirlik va idoralari matbuot xizmatlarining faoliyati, afsuski, sust darajada qolayotganini qayd etishga majburmiz", deya yozadi Saida Mirziyova.
Shuningdek, Matbuot xizmatlarining ishi sustligi va ko‘pgina davlat organlari rahbarlari OAV bilan muloqot qilish zaruriyatini anglab yetmagani oqibatida mamlakatimiz aholisining islohotlar borishi to‘g‘risida xabardorligi past, ularni yetarli darajada idrok etmayapti hamda Prezident va hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning mohiyati va tafsilotlarini to‘laligicha anglamayotgani ta’kidlanadi.
"Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng miqyosli ishlar mamlakat ichida ham, xorijda ham yetarli darajada yoritilmay, sezilmay qolmoqda.
Oqibatda, bunday vaziyat tekshirilmagan axborot, asossiz mish-mish va uydirmalarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda, ular keng tarqalib, matbuot xizmatlari tomonidan munosabatsiz qoldirilgan bir sharoitda aholi o‘rtasida tushunmovchilik va norozilik keltirib chiqarishi mumkin.
Vaziyat matbuot xizmatlari kadrlar salohiyati cheklangani, ularning moddiy-texnik jihozlanishi va xodimlari malakasi darajasi pastligi bilan yanada keskinlashmoqda.
Ko‘rib turganingizdek, oldimizda turgan muammo jiddiy va keng qamrovli. O‘ylaymanki, bu amaldagi hujjatlarga qo‘shimcha ravishda kompleksli normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish va qabul qilishni taqozo etadi.
Xususan, matbuot xizmatlarining davlat organlari va jamiyat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik sifatida samarali faoliyatini ta’minlash, matbuot kotibi mavqeini oshirish, muntazam ravishda malaka oshirish kurslarini tashkil etish lozim va hokazo.
Biz bu boradagi ishlarni boshlaganmiz. Jumladan, tegishli takliflar ishlab chiqish va normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash bo‘yicha maxsus guruh tuzilgan", deya fikrini davom ettirgan S.Mirziyoeva
Bunday chora-tadbirlarning qabul qilinishi mamlakatimiz axborot sohasini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratishga, shuningdek, eng muhimi, davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqot asoslarini salmoqli darajada mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zA