SAKKIZ BOKSCHIMIZ CHORAK FINALDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida sakkiz nafar bokschimiz chorak finalga chiqdi.
Nufuzli musobaqaning vazni 48 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi bellashuvlarida qatnashayotgan Halimbek O‘tegenov moldovalik Viktor Vakulani ikkinchi raunda texnik nokautga uchratgan bo‘lsa, 52 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan Murodjon Aliyev filippinlik Kristian Pitt Lorentni mag‘lub etdi.
Vazni 57 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bahslarda Bilolbek Mirzarahimov marokashlik raqibini yenggan bo‘lsa, 63 kilogramm vazn toifasidagi bokschilar o‘rtasida Temur Merjanov germaniyalik Richard Meynik ustidan g‘alaba qozondi.
66 kilogramm vazn toifasidagi bokschilar o‘rtasida ishtirok etayotgan Dilshod Ro‘zmetov tunislik bokschiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Vazni 70 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bahsida Yahyoxon Saidxonov xorvatiyalik Mladen Sobjeslavskiyni yengdi.
Vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi bahslarda Qosimxon Qosimov belaruslik Aleksey Alfiorovdan ustun kelgan bo‘lsa, 80 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan sportchilar bahsida Profsor Rorimsha xorvatiyalik Iosip Biletichni mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘zA