Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“Salomatlik” poyezdi xizmatidan aholi mamnun

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“Salomatlik” poyezdi xizmatidan aholi mamnun

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan “Salomatlik” poyezdi shifokorlari Navoiy viloyatida salomatlik kunlarini o‘tkazmoqda.

Tibbiy ko‘riklarga viloyat markazidan olisda joylashgan qishloq va ovullarda yashovchi hamda alohida parvarishga muhtoj aholi qatlami jalb etilmoqda.

– Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi insonlarga yuqori darajada tibbiy xizmat ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasining sog‘liqni saqlash xizmati shifokori Munira To‘rayeva. – “Salomatlik” tibbiy-sanitar poyezdimiz ham shu maqsadda tashkil etilgan. Tekshiruvlar jarayonida keksalar, bolalar va yosh onalarga alohida e’tibor qaratilayotir. Bunda bizga mahalliy shifokorlar yaqindan ko‘maklashmoqda.

Tadbir davomida aholiga oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon, tibbiy anjom hamda sanitariya-gigiyena vositalaridan iborat muruvvat yordamlari ko‘rsatilmoqda.

– Ko‘pdan buyon bosh og‘rig‘i bezovta qilardi. Turmush tashvishlari bilan bo‘lib shifokorga borishga hafsala qilmay yurgandim, – deydi Tinchlik qo‘rg‘onida yashovchi Rohila Safarova. – “Salomatlik” poyezdida malakali shifokorlar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazayotganini eshitib xursand bo‘ldim. Tibbiy ko‘rikka kelib, zarur maslahatlar oldim. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan behad minnatdormiz.

“Salomatlik” poyezdi shifokorlari Navoiy, Tinchlik, Konimex, Qara-Qata, Mustaqillik, Qizilquduq, Buzaubay va Uchquduq stansiyalari atrofidagi hududlarda yashovchi aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.

www.uza.uz