SALOMATLIK SARI DADIL QADAMLAR
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tashabbusi bilan qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, oilalarda va mehnat jamoalarida sog‘lom muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur salomatlik aksiyasida o‘ttiz besh mingga yaqin turli soha xodimlari, faxriylar, xotin-qizlar, yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqalarida to‘rt mingdan ortiq ishtirokchi o‘z shijoati, irodasi, matonati va tezkorligini namoyon qildi.
...Ertalabdan Nukus va Oybek ko‘chalari chorrahasi musobaqa ishtirokchilari bilan gavjum. Ular "Salomatlik sari" ommaviy yugurish tadbirining boshlanishini katta hayajon bilan kutmoqda. Musobaqaga start beriladi.
Musobaqa qatnashchilari Oybek, Afrosiyob, Sharof Rashidov, Islom Karimov ko‘chalari bo‘ylab Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatriga qadar bo‘lgan masofani bosib o‘tdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi o‘rinbosari B.Mahmadaliyev va boshqalar mamlakatimizda aholining salomatligini mustahkamlash, ayniqsa, yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol insonlar qilib tarbiyalashning muhim omili sifatida jismoniy tarbiya va sport rivojiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidladi. Bu jarayonda turli musobaqalar, ommaviy sport tadbirlari yoshlarning sportga qiziqishini yanada oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
– Jismonan va ruhan sog‘lom bo‘lib yurishda sportning ahamiyati beqiyos, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy xodimi Abdurashid Meliboyev. – Bu kabi musobaqalar turli soha xodimlarining faolligini va mehnat faoliyatining unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.
– Bunday tadbirlar jamiyatda sog‘lom muhit barqaror bo‘lishi, yoshlarning turli salbiy illatlardan mustahkam immunitet hosil qilishiga katta zamin yaratadi, – deydi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi Kumush Matyoqubova. – Bugungi tadbirda g‘alaba qozonganimdan xursandman. Bu tadbir nafaqat o‘z mahoratimni namoyish etish, balki, turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan tengdoshlarim orasida yangi do‘stlar topish imkonini ham berdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Tadbir qatnashchilari "Eng yoshi ulug‘ ishtirokchi", "Eng yosh ishtirokchi", "G‘alabaga bo‘lgan intilishi uchun" singari turli nominatsiyalar bo‘yicha ham rag‘batlantirildi.
O’zA
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















