Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SAMARQAND MEHMONLARNI CHORLAYDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SAMARQAND MEHMONLARNI CHORLAYDI

Yana bir necha kundan so’ng Samarqanddagi ulug’vor Registon maydoni uzra dunyo xalqlari kuy-qo’shiqlari yangraydi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali bu yil o’ninchi bor o’tkaziladi. Sharq gavhari, yer yuzining sayqali bo’lgan qadimiy va hamisha navqiron Samarqandda mazkur nufuzli san’at bayramiga qizg’in hozirlik ko’rilmoqda.

Bu haqda O’zA muxbiri Samarqand shahar hokimi Akbar Shukurov bilan suhbatlashdi.

— Dunyoning albatta borib ko’rish shart bo’lgan shaharlari qatorida turuvchi Samarqandda o’tkazilayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali bugun jahondagi yirik va nufuzli san’at bayramiga aylandi. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan bundan 18 yil oldin tashkil etilgan va o’z oldiga dunyo xalqlarining milliy musiqa va qo’shiqchiligi durdonalarini keng ommalashtirish, asrab-avaylash va takomillashtirish, o’sib kelayotgan yosh avlodni milliy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalash, turli millat va elatlarni san’at vositasida birlashtirish kabi maqsadlar qo’yilgan festival qisqa davrda xalqaro miqyosda keng ommalashib, unda yer yuzining barcha qit’alaridan vakillar qatnashmoqda. Mazkur san’at forumining YUNESKO shafeligida o’tishi uning nufuzi va darajasi yuksakligidan dalolat beradi. Buni festivalga qiziqish yildan-yilga ortib borayotgani va shu paytga qadar dunyoning to’qsonga yaqin davlati vakillari anjumanda o’z san’atini namoyon etganida ham ko’rish mumkin. Bu galgi festivalda sayyoramizning oltmishdan ortiq mamlakatidan san’atkorlar, musiqashunos olimlar qatnashish istagini bildirgan. Bir qator xalqaro tashkilotlar, davlatlardan ham rasmiy mehmonlar kelishi kutilmoqda. Bu biz - mezbonlardan festivalga munosib hozirlik ko’rish, xalqimizga xos mehmondo’stlik va san’atsevarlik fazilatlarini to’la namoyon etishni, yurtimizdagi bunyodkorlik ishlari, obodlik samaralarini ko’rsatib berishni taqozo etadi.

Asosiy tadbirlar o’tkaziladigan Registon maydoni davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ta’mirlanib, obodonlashtirilgach, bu yerda amfiteatr tashkil etish uchun har tomonlama qulay sharoit va imkoniyatlar yaratildi. Majmuaning kirish qismi va uning atrofi, Sherdor, Tillakori, Ulug’bek madrasalari oldidagi ulkan maydon butunlay o’zgacha ko’rinish oldi. Hozir maydon o’rtasida avvalgilardan 25 foiz keng sahna o’rnatilgan va bu yerda festivalning tantanali ochilish marosimiga qizg’in hozirlik ko’rilmoqda. Sahnagacha bo’lgan 24 zinadan iborat supalarda tomoshabinlar uchun o’rindiqlar o’rnatiladi. Majmuaning uch madrasasiga tutashib ketgan sahna amfiteatrning barcha tarafidan yaqqol ko’zga tashlanadi.

Bu yilgi festival oldidan Registon majmuasi va amfiteatrni yoritish tizimi ham eng so’nggi rusumdagi texnologiyalar asosida butunlay yangidan yaratilmoqda. Germaniyaning “Adhoc” kompaniyasi va “Toshshaharnur” korxonasi mutaxassislari tomonidan asosiy yumushlar bajarilib, zamonaviy yoritish vositalari o’rnatilmoqda. Mazkur yangi tizim asosidagi yoritish jarayoni va ranglar shousi ikkita katta monitorda 3D formatda namoyish etiladi.

Bundan tashqari, majmuadagi Sherdor, Tillakori va Ulug’bek madrasalarida ham restavratsiya ishlari amalga oshirildi. Festival kunlari bu maskanlarda milliy musiqa asboblari, hunarmandchilik mahsulotlari, tarixiy liboslar ko’rgazmalari tashkil etish, ishtirokchilar bilan ijodiy uchrashuv va muloqotlar o’tkazish e’tiborga olinib, zarur jihoz va texnik vositalar keltirildi.

— Ma’lumotlarga ko’ra, bu galgi festival qatnashchilari ko’rik-tanlov jarayonidan tashqari vaqtda Samarqand shahri va bir qator tumanlardagi madaniyat va istirohat bog’lari, mahallalar, musiqa va san’at maktablarida ham o’z dasturlarini namoyish etishi rejalashtirilgan ekan. Buning uchun qanday tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda?

— Haqiqatdan ham, festival ishtirokchilari Registondagi asosiy sahnada tanlov doirasidagi chiqishlar bilan cheklanib qolmay, Samarqand shahri va Oqdaryo, Jomboy, Samarqand, Tayloq, Urgut, Payariq, Pastdarg’om tumanlarida ham konsert dasturlarini namoyish etadi. Bu an’ana avvalgi festivallarda ham o’z ifodasini topgan bo’lsa-da, joriy yilda tadbirlar o’tkaziladigan maskanlar ancha ko’p. Viloyat bo’yicha o’ttizdan ortiq joyda ijodiy uchrashuvlar o’tkazish ko’zda tutilgan. Samarqand shahrida 15 ga yaqin istirohat bog’i, xiyobon va amfiteatrlar, mahallalar markazi, bolalar musiqa va san’at maktablari va yirik korxonalarda mehmonlar ishtirokida tadbirlar o’tkaziladi. Buning uchun mazkur ob’yektlar va ular atrofini, shuningdek, shahrimizdagi tarixiy obida va muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish, festival ruhiga mos bezatish ishlari olib borilmoqda.

Ko’ksaroy maydoni, Amir Temur, Ruhobod xiyobonlarida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, yangi, zamonaviy favvoralar tashkil etildi. Yaqinda Chashma mahallasida ancha vaqtdan buyon e’tibordan chetda qolib kelayotgan maskan obodonlashtirilib, mahalla markazi va ko’rkam xiyobon tashkil etildi. Bu yerda ham yangi favvora ishga tushirildi. Umuman, shaharda mavjud qirqqa yaqin favvoraning holati o’rganilib, to’liq ishlashi ta’minlanmoqda. Musiqali va rangli favvoralar festival ruhiga mos holga keltirib qo’yildi.

Shaharni festivalga oid panno va bannerlar, ko’rgazmali vositalar bilan bezatish, tungi chiroqlar va illyuminatsiya vositalari o’rnatish, gul ko’chatlari o’tqazish borasida ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirga qadar Samarqand xalqaro aeroporti va temiryo’l vokzali, Registon, Dahbed, Bo’stonsaroy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Beruniy ko’chalari, Universitet xiyoboni, Ko’ksaroy maydonida bu borada belgilangan yumushlar bajarildi. Shahardagi bekatlar va jamoat transportiga “Sharq taronalari” ramzi aks etgan bannerlar joylashtirildi. Yo’llar atrofi, bog’ va xiyobonlarda salviya, rayhon, gultojixo’roz, pitunya, viola kabi 1 million 250 ming dona gul ko’chatidan iborat yangi gulzorlar barpo etildi.

— Festival ishtirokchilari safining yil sayin kengayib borayotgani ularni munosib kutib olish va mehmonxonalarga joylashtirish, zamonaviy servis xizmatlari ko’rsatishda katta mas’uliyat talab qiladi. Bu borada qanday chora-tadbirlar ko’rilmoqda?

— Bu masala doimiy e’tiborimizda. Festivalga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha viloyat ishchi guruhi tomonidan 17 guruh shakllantirilib, ularning har biriga ishtirokchilarni kutib olish, mehmonxonalarga joylashtirish, ovqatlantirish, transport xizmati ko’rsatish, gid-tarjimonlar bilan ta’minlash, viloyat bo’ylab sayohatlar uyushtirish, ilmiy-nazariy konferensiyani yuqori saviyada o’tkazish, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish kabi yo’nalishlar bo’yicha vazifalar belgilab berilgan.

Kezi kelganda ta’kidlash kerakki, bugungi kunda shahrimizdagi mehmonxonalarda nafaqat festival ishtirokchilari va mehmonlarini, balki mazkur san’at bayramini tomosha qilish uchun keladigan xorijlik va mahalliy sayyohlarni ham qabul qilish imkoniyati mavjud. To’qsondan ortiq mehmonxona har tomonlama yuqori sifatli servis xizmati ko’rsatishga tayyor.

Bir so’z bilan aytganda, bugun Samarqandda “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivalini har qachongidan ham yuqori saviyada o’tkazishga tayyorgarlik qizg’in davom etmoqda. Bu yurtimizga soz ko’tarib kelgan san’atkorlar, madaniyat namoyandalari, aziz mehmonlarning betakror Vatanimiz haqida boy va unutilmas taassurotlarga ega bo’lishi va yurtimizga qiziqishini oshirishi shubhasiz.

WWW.UZA.UZ