SAMARQAND “SHARQ TARONALARI” XALQARO MUSIQA FESTIVALIGA TAYYORGARLIK KO’RMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Bu yil Mustaqillik bayramimiz arafasida Samarqandda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘ninchi bor o‘tkaziladi.
O’zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko’ra, mazkur festivalda ishtirokchilar vokal va milliy cholg’u asboblari musiqasi kabi yo’nalishlarda qatnashadilar.
Tadbir doirasida simpoziumlar, davra suhbatlari, konferensiyalar hamda turli ko’rgazmalar tashkil qilinadi.
Shaharni festival ruhiga mos bezatish, mehmonxonalarni tayyorlash, Registon maydonida asosiy sahna va tomoshabinlar uchun o‘rindiqlar o‘rnatish, “So‘g‘diyona”, “Yoshlik” istirohat bog‘lari, “Mo‘’jiza” amfiteatrida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlariga kirishildi.
“Jahon” AA