SAMARQANDDA «VALDAY» XALQARO MUNOZARA KLUBINING X OSIYO KONFERENSIYASI ISH BOSHLADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

SAMARQAND, 10 noyabr. /“Dunyo” AA/. Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda «Valday» xalqaro munozara klubi X Osiyo konferensiyasi ish boshladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Anjuman “Markaziy Osiyo va Yevrosiyo: global tartibsizliklarning oldini olish bo‘yicha keng qamrovli hamkorlik” mavzuiga bag‘ishlangan.
Samarqanddagi munozaralarda ishtirok etish uchun Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston, Tojikiston, Germaniya, Filippin, Yaponiya, Shvetsiya kabi davlatlardan 70 dan ortiq ekspert kelgan.
Konferensiya 10-11 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Anjumanning birinchi kuni “O‘zbekiston-Rossiya” maxsus sessiyasi doirasida ekspertlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ekspertlar ikki tomonama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, hamkorlikning yangi formalari va yo‘nalishlarini izlab topish, mintaqaviy va mintaqadan tashqari ahamiyatga ega asosiy jarayonlar va muammolarga baho berish kabi masalalarni ko‘rib chiqmoqda.
Bundan tashqari, anjumanning xorijlik ishtarokchilari uchun qadimiy Samarqand bo‘ylab sayohat uyushtirish ko‘zda tutilgan.
jaxonnews.uz