SAMARQANDDA VELOMARAFON
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Samarqandda mustaqilligimizning 24-yilligi munosabati bilan “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida yoshlar o‘rtasida “Kamolot-tur” velomarafonining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois yil sayin uning ko‘lami kengayib, ishtirokchilar soni oshmoqda.
Bu yil marafonning viloyat bosqichida 500 dan ortiq o‘quvchi va talaba-yoshlar, havaskor sportchilar qatnashdi.Ular 9-14, 15-17 va 18-30 yosh toifalarida bahs olib bordi.
Ishtirokchilar shaharning Ibn Sino va Vohid Abdullayev ko‘chalari chorrahasidan musobaqalarga kirishib, Hazrati Xizr masjidi – “Afrosiyob” muzeyi – Ulug‘bek rasadxonasi yo‘nalishi bo‘yicha uch kilometr masofani bosib o‘tdi.
Belgilangan marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan Temur Jo‘rayev, Elyor Umirov va Bahriddin Umaraliyev musobaqaning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
– Velomarafonda birinchilikni egallaganimdan xursandman, – deydi musobaqa g‘olibi, Samarqand shahridagi 43-umumta’lim maktabi o‘quvchisi T.Jo‘rayev. – Chunki ushbu sport turiga juda qiziqaman va doimiy ravishda shug‘ullanib turaman. Sport tufayli o‘zimni yengil his qilaman va bu menga ruhiy, jismoniy kuch bag‘ishlaydi.
Musobaqa g‘oliblari va bir qator qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha eng faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.
O‘zA