Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SAMIMIY MULOQOT, MANFAATLI HAMKORLIK, AHIL QO‘SHNICHILIK DAVOM ETADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SAMIMIY MULOQOT, MANFAATLI HAMKORLIK, AHIL QO‘SHNICHILIK DAVOM ETADI

Samarqandda BMT shafeligida tashkil etilgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini yakunladi.

Anjumanning ikkinchi kuni ishtirokchilar “Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish” hamda “Barqaror taraqqiyotga tahdidlarga qarshi kurashishda xalqaro hamjamiyatning Markaziy Osiyo mamlakatlariga ko‘magi” mavzularidagi sho‘ba majlislarida dolzarb ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakillari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning konferensiya ochilishi marosimida so‘zlagan nutqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, ularning amalga oshirilishi Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, mintaqa davlatlari taraqqiyotiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Sho‘ba majlislari tugagach, xalqaro forum yakunlari bo‘yicha tashkilotchilarning xulosalari bayon etildi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.Komilov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT shafeligida tashkil etilgan xalqaro anjuman har tomonlama foydali muloqotlarga boy bo‘lganini ta’kidladi. Unda yigirmadan ortiq davlat, o‘ndan ziyod xalqaro tashkilotlar vakillari, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari faol ishtirok etgani qayd etildi. Ikki kunlik anjuman javomida 70 dan ortiq ma’ruzalar tinglandi. Bu chiqishlarda mintaqa mamlakatlari o‘rtasida iqtisodiyot, transport, madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish, suv-energetika resurslaridan birgalikda foydalanish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf va tahdidlarga qarshi hamkorlikda kurashish, qo‘shni Afg‘oniston respublikasida tinchlik o‘rnatish yuzasidan muhim takliflar bildirildi.

Anjuman qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ahil qo‘shnichilik va hamkorlik aloqalarni rivojlantirish, mintaqa davlatlari rahbarlarining doimiy maslahatlashuvlar o‘tkazish va boshqa tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga doir maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi.

Xalqaro konferensiya yakuni bo‘yicha kommyunike qabul qilingani ma’lum qilindi.

BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya German mazkur xalqaro konferensiya mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, davlatlar o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlashda tarixiy ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

BMTning narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Ashita Mittal anjumanning yuqori saviyada tashkil etilgani uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik izhor etdi. Ushbu xalqaro forum mintaqa davlatlarining hududda osoyishtalikni ta’minlash, narkotrafik, odam savdosi va boshqa global muammolarga qarshi kurashish borasidagi qarashlari mushtarak ekanligini yana bir bor namoyon qilganini qayd etdi. Konferensiyadagi muhokama etilgan masalalar, bildirilgan taklif va tashabbuslar kelgusi muloqotlarga asos bo‘lishi, mintaqa davlatlarining bu intilishlari BMTning barcha tuzilmalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.

Xalqaro anjuman yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Konferensiya qatnashchilari Samarqand shahridagi tarixiy obidalar va diqqatga sazovor maskanlarni tomosha qildi.

www.uza.uz