SAMIMIY QUTLOVLAR
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Mamlakatimiz mustaqilligining 24-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari va ishbilarmon doira vakillaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga baxt-saodat, omonlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq hamda farovonlik tilab, chin dildan ezgu istaklar izhor etilgan.
Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Iordaniya Podshohi – Abdulloh II bin al-Husayn
Ispaniya Qiroli – Felipe VI
Niderlandiya Qiroli – Villem-Aleksandr
Italiya Respublikasi Prezidenti – Serjo Mattarella
Polsha Respublikasi Prezidenti – Andjey Duda
Slovakiya Respublikasi Prezidenti – Andrey Kiska
Ruminiya Prezidenti – Klaus Yoxannis
Singapur Respublikasi Prezidenti – Toni Tan Keng Yam
Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti – Chiong Tan Shang
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti – Ilhom Aliyev
Avstraliya General-gubernatori – Piter Kosgrouv
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori – Joze Gratsianu da Silva
«Xuavey Teknolodji Ko.Ltd» kompaniyasi prezidenti – Jen Chjenfey
Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi a’zosi, «KLAAS» kompaniyasi mustaqil konsultanti – Udo Fyolker
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
O’zA