SAMIMIY QUTLOVLAR
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Mamlakatimiz mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillaridan samimiy qutlovlar kelib turibdi. Ularda davlatimiz rahbariga baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-omonlik, doimiy ravnaq hamda farovonlik kabi ezgu istaklar izhor etilgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Barak Obamaning maktubida shunday deyiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Prezident Janobi Oliylari!
1-sentabrda nishonlanadigan O‘zbekiston mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi nomidan Sizga va O‘zbekiston xalqiga qizg‘in tabriklarimni yo‘llayman.
Mamlakatingiz bu tarixiy sanani bayram qilayotgan shu kunlarda biz O‘zbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimo qo‘llab-quvvatlashimizni yana bir bor ta’kidlaymiz. Amerika Qo‘shma Shtatlari 1991-yilning 25-dekabrida birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan paytdan boshlab mamlakatlarimiz o‘rtasida mustahkam sheriklik munosabatlari o‘rnatilgan. Mamlakatlarimizning yanada xavfsiz, farovon va demokratik kelajak yo‘lidagi hamkorligi uzoq yillar davom etishiga ishonaman.
Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi Sizni mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ushbu muhim sana bilan muborakbod etadi.
Ehtirom bilan,
Barak Obama,
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin yo‘llagan maktubda shunday qayd etiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan Xitoy xalqi va shaxsan o‘zim nomimdan Siz va do‘st O‘zbekiston xalqiga samimiy tabriklarim va qizg‘in tilaklarimni izhor etaman.
Mustaqillikning 25-yili davomida janob Prezident rahnamoligida O‘zbekistonda siyosiy barqarorlik va jadal iqtisodiy taraqqiyot saqlanib, mamlakatning xalqaro nufuzi salmoqli darajada yuksaldi, davlat qurilishi sohasida yorqin muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, janob Prezident tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli» mamlakatdagi real voqeliklarga mos keladi va ulkan hayotiy kuchga egadir.
So‘nggi yillarda Xitoy – O‘zbekiston munosabatlarida yaxshi rivojlanish tendensiyalari saqlanib turibdi va yangi strategik darajaga erishildi. Xitoy va O‘zbekiston aloqalari rivojlanib borayotgani va o‘rtamizdagi samimiy do‘stlikni yuksak qadrlayman. Xitoy – O‘zbekiston munosabatlarida yuksak samaralarga erishish va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida keng ko‘lamli strategik sheriklikni izchil rivojlantirish uchun Siz bilan doimo barcha sa’y-harakatlarni qilishga tayyorman.
Mamlakatingizga ravnaq va yuksak salohiyat, xalqingizga baxt-saodat va farovonlik tilayman.
Prezident Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sog‘lik va ishlaringizda muvaffaqiyat tilab qolaman.
Si Szinpin,
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi
Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llashgan:
Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti – Yoaxim Gauk
Polsha Respublikasi Prezidenti – Andjey Duda
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti – Xalifa bin Zoid Ol Nahayon
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi – Muhammad bin Roshid Ol Maktum
Abu-Dabi Valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni o‘rinbosari – Muhammad bin Zoid Ol Nahayon
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti – Abdulaziz Buteflika
Turkmaniston Prezidenti – Gurbanguli Berdimuhamedov
Tojikiston Respublikasi Prezidenti – Imomali Rahmon
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti – Ilhom Aliyev
Belarus Respublikasi Prezidenti – Aleksandr Lukashenko
Ukraina Prezidenti – Pyotr Poroshenko
Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti – Muhammad Ashraf G‘ani
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi – Sergey Lebedev
Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh kotibi – Tolib Rifai
Energetika xartiyasi bosh kotibi – Urban Rusnak
Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi – Kerolin Lemm
Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi prezidenti – Stiven Naderni
“MAKSAM” kompaniyasining prezidenti va ijrochi direktori – Xose Fernando Sanches-Xunko
«Xuavey Teknolodjiz Ko.Ltd» kompaniyasi prezidenti – Jen Chjenfey
“NEK Korporeyshn” kompaniyasi prezidenti – Nobuxiro Endo
Yaponiya tibbiy uskunalar sohasida tashqi texnik ko‘mak bo‘yicha tashkiloti raisi (OMETA) – Ken’ichi Matsumoto
Germaniya – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi ijrochi direktori, “Doyche Kabel AG Tashkent” qo‘shma korxonasi investori – Falk Porshe
“Pikanol” kompaniyasi bosh ijrochi direktori – Lyuk Tak
“Turkiston – Amerika assotsiatsiyasi” raisi – Abdulla Xo‘ja
AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti – Boris Kandov
G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining rektori – Viktor Grishin
Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembrij forumi raisi – Siddxart Saksena
Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatli vakili – Tomas Kunse
Evropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari – Yuriy Shterk
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
O’zA