Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SAN’AT FIDOYISI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SAN'AT FIDOYISI

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida restavrator, etnograf, san’atshunos O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan rassom, Qoraqalpog‘iston xalq rassomi, Nukus san’at muzeyi tashkilotchisi va birinchi direktori Igor Saviskiyning 100 yilligiga bag‘ishlangan “O‘rta Osiyo Tretyakovi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi, deb xabar beradi kutubxona matbuot xizmati.

Mazkur kitob-rasmli ko‘rgazmada I.Saviskiyning “Nukus davri” hayoti haqida hikoya qiluvchi, uning do‘stlari, davomchilari va shogirdlarining musavvir, san’at durdonalari to‘plovchisi, restavrator, Qoraqalpoq san’ati va madaniyati san’atshunos-tadqiqotchisi, muzey tashkilotchisi, rahbari, yetakchi va ustoz sifatida o‘ziga xos faoliyati haqidagi xotira-kitoblari va musavvirning ilmiy izlanishlari natijasida dunyoga kelgan tadqiqotlari o‘rin olgan. Kitob va rasmlar bilan bir qatorda muallif qalamiga mansub “Qoraqalpoq xalq amaliy san’ati. Yog‘och o‘ymakorligi” kitobi ham havola etilmoqda. O‘zbekiston milliy san’ati an’analari davomchilari, amaliy san’at ixlosmandlari va arxeologik qazilmalar to‘plovchilari ko‘rgazmaga tashrif buyurib, o‘zlari uchun qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.

Igor Vitalevich Saviskiy 1915 -yilda tavallud topgan. 1941-yilda Surikov nomidagi Moskva davlat rassomchilik institutiga o‘qishga kirgan. U taxsil olayotgan institut 1942-yildan 1944 -yilga qadar Samarqandga evakuatsiya qilindi. Shu yerda u birinchi marta O‘rta Osiyo xalqlarining o‘ziga xos va qiziqarli madaniyati bilan tanishadi. 1950-yilda esa u O‘zbekistonga arxeologik, etnografik ekspeditsiya tarkibida keladi va Qoraqalpoq xalq amaliy san’ati namunalari bilan qiziqadi. Shu qiziqishlari va “Yog‘och o‘ymakorligi” kitobi uchun I.Saviskiy Berdah nomidagi “Qoraqalpoq xalq amaliy san’atiga doir nodir namunalar to‘plovchisi” respublika mukofoti sovrindori unvoniga sazovor bo‘ldi. 2002-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq O‘zbekiston fani va madaniyatining taraqqiyotiga qo‘shgan xissasi uchun “Buyuk Xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlandi.

“Jahon” AA