Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SAN’AT KOSHONASINING ZAMONAVIY QIYOFASI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SAN'AT KOSHONASINING ZAMONAVIY QIYOFASI

Shu yil 25-oktabr kuni rekonstruksiya qilingan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining ochilish marosimi bo‘ldi.

Marosimda O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe ishtirok etdilar.

Prezidentimiz rahnamoligida O‘zbek Milliy akademik drama teatri, Buxoro davlat musiqali drama teatri, Andijon musiqali drama va komediya teatrining binosi to‘liq rekonstruksiya qilindi. Farg‘onada muhtasham teatr-konsert saroyi bunyod etildi. Namangan, Xorazm viloyatlari musiqali drama va komediya teatrlari kapital ta’mirlandi.

Teatr jamoalarida ijodkorlarning yanada samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlarni muhayyo etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yurtimizda har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan «Yoshlik bahori», «Bahor simfoniyasi», «Competizione dell’Opera» kabi tanlov va festivallar, konsertlar, ijodiy loyihalar yoshlarning san’atga bo‘lgan mehrini yuksaltirish, milliy va jahon musiqa san’atining eng nodir namunalaridan bahramand bo‘lishida muhim omil bo‘lmoqda.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining opera va balet san’ati rivojiga, uning yutuqlarini targ‘ib etishga, xalqimizning boy musiqiy merosini boyitishga qo‘shib kelayotgan hissasi yurtimiz hamda dunyo jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilgan.

Teatr binosi 1947-yilda barpo etilgan bo‘lib, u milliy me’morlik san’atimizning g‘oyat betakror va go‘zal namunasi, xalqimizning bebaho madaniy mulki sanaladi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan teatr binosida, unga tutash hududda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari samarasida mazkur san’at koshonasi yangicha ko‘rinish va tarovat kasb etdi. Teatr binosining isitish, sovutish, havo mo‘tadilligini saqlash, muhandislik-kommunikatsiya tizimi to‘liq yangilandi. Rekonstruksiya ishlarini amalga oshirishda mohir naqqosh, musavvir va ustalar yaratgan ijod namunalarini, devoriy suratlar, betakror kompozitsiyalarni asl holicha saqlab qolishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomosha zaliga qadam qo‘ygan kishining devorlarda sayqal topgan tillarang naqshlardan ko‘zi qamashadi. 736 tomoshabinga mo‘ljallangan zalda o‘rindiqlar shu tarzda o‘rnatilganki, uning istalgan burchagidan spektaklni bemalol tomosha qilish imkoniyati mavjud. Zaldagi vizual, akustik effektlar, eng zamonaviy yoritish va ovoz uskunalari sahnadagi ijrodan to‘la bahra olish imkonini beradi. Ulkan qandil zalga fusunkor tus bersa, yon-atrofdagi mitti yoritgichlarning shu’lasi yanada shinamlik va ko‘rk bag‘ishlaydi.

Yangilangan sahnaning quyi qismida orkestr uchun mo‘ljallangan maxsus joy zamonaviy texnik uskunalar yordamida ko‘tarilib, sahna bilan barobar holatga kelishi konsert dasturlarida, musiqiy taqdimotlarda ijrochilar va tomoshabinlar uchun qulaylik yaratadi.

Rekonstruksiya ishlari jarayonida mashg‘ulot va repetitsiya zallari, grimxonalar bilan birga sahna ortidagi rassom-dekoratorlar, butaforiya ustalari, grimchilar, muhandislar, ovoz rejissyorlari va radistlar, texnik-kommunikatsiya mutaxassislari, rekvizitorlar, teatr liboslari dizaynerlari, tikuv sexlari chevarlari, sahna mashinistlari va quruvchilari, afisha dizaynerlari – barcha-barcha xodimlarning samarali mehnat qilishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Istiqlol yillarida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri jahonning yetakchi mamlakatlari ijodiy jamoalari bilan hamkorlikni rivojlantirdi. AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Venesuela kabi davlatlarning dirijyor, rejissyor va xoreograflari bilan birgalikda ko‘plab sahna asarlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

Jamoaning yaponiyalik ijodkorlar bilan hamkorligi alohida o‘rin egallaydi. O‘zbekiston opera va balet ustalarining ijrosi yapon tomoshabinlari tomonidan iliq kutib olingan. Teatr sahnasida «Oqqush ko‘li», «Sevilyalik sartarosh» kabi spektakllar yapon san’atkorlari bilan birgalikda ijro etilgani, Kunchiqar mamlakatning «Toyota siti balet» truppasi yurtimizda bo‘lib, eng sara spektakllarini tomoshabinlarga taqdim etgani san’at muxlislariga yaxshi ma’lum.

... Chorlov musiqasi yangrab, teatrning ochilishiga bag‘ishlangan tantanali badiiy-musiqiy dastur boshlanadi. Alisher Navoiy g‘azali bilan kuylanuvchi qo‘shiqlar dillarga orom bag‘ishlaydi. O‘zbek va jahon mumtoz kompozitorlari opera va baletlaridan parchalar ijro etiladi.

– Prezidentimiz rahnamoligida teatr san’atiga ko‘rsatilayotgan e’tibor natijasida o‘zbek opera, ijrochilik san’ati dunyoda tobora ko‘proq e’tirof etilib, yuksak baholanmoqda, – deydi O‘zbekiston xalq artisti Muyassar Razzoqova. – Bunday muhtasham koshona nainki jamoamiz, balki butun xalqimiz uchun ulkan, benazir tuhfa bo‘ldi. Bu bizga bitmas-tuganmas ilhom bag‘ishlaydi, kuch-quvvat beradi.

WWW.UZA.UZ