SAN’AT, NAFOSAT VA EZGULIK ANJUMANI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Samarqand shahrida “Sharq taronalari” X Xalqaro musiqa festivaliga qizg’in hozirlik ko’rilmoqda. Joriy yil ushbu nufuzli xalqaro madaniy tadbirda dunyoning oltmishdan ortiq mamlakati vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilib, 1997 yildan buyon har ikki yilda o’tkazib kelinayotgan mazkur xalqaro tadbir milliy musiqa madaniyatimiz, shuningdek, dunyo xalqlarining milliy musiqa va qo’shiqchilik an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, tili, madaniyati, urf-odatlari turlicha millat va elatlarni san’at vositasida birlashtirishga xizmat qilmoqda.
O’zA muxbirlari avvalgi festivallarda sovrindor bo’lgan san’atkorlar bilan internet orqali bog’lanib, ularning “Sharq taronalari” haqidagi fikrlarini yozib oldi.
Yamada Masaaki, “Chikuyusha” guruhi a’zosi, “Sharq taronalari” IX Xalqaro musiqa festivali sovrindori (Yaponiya):
— “Sharq taronalari” musiqa festivalida dunyoning turli qit’alaridan san’atkorlar, mehmonlar ishtirok etadi, tajriba almashadi va do’stlashadi. 2013 yilda mazkur musiqa anjumanida tanishgan hamkasblarim bilan haliyam gaplashib, yozishib turaman.
Guruhimiz bilan shakuxachi nomli qadimiy yapon sozini chalamiz. Bambukdan yasalgan mazkur musiqa asbobining o’ziga xos mayin ohangi insonga xotirjamlik bag’ishlaydi. “Sharq taronalari” tufayli u dunyo musiqa ixlosmandlari e’tiboriga tushdi. Bu hozir kam foydalanilayotgan shakuxachini asrab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi, deb o’ylayman.
Festivalda ishtirokchilar uchun barcha sharoit yaratildi. Buning samarasida o’z iqtidorimizni to’la namoyish etib, sovrindor bo’ldik. O’sha hayajonli daqiqalar hanuz yodimizda.
“Sharq taronalari” hayotimizdagi eng yorqin lahzalarni taqdim etgan. Mazkur tadbir bahonasida O’zbekistonda qariyb bir hafta davomida mehmon bo’ldik. Xalqingizning milliy an’analari, betakror madaniyati va urf-odatlari bilan tanishib, juda zavqlandik. Buyuk ipak yo’lida joylashgan, Sharq va G’arbni tutashtiruvchi betakror Samarqandni ziyorat qilib, olam-olam taassurot oldik. O’zbek xalqi boy tarixining amaldagi ifodasi - qadimiy me’moriy yodgorliklar va muqaddas qadamjolarni, xususan, Bibixonim masjidi, Registon, Shohi Zinda majmualarini, Amir Temur maqbarasi va Ulug’bek rasadxonasini tomosha qilib, hayratga tushdik.
Ayni chog’da bu shahar zamonaviy qiyofasi bilan ham e’tiborimizni tortdi. Keng va ozoda ko’chalar, muhtasham binolar, serfayz saylgohlar, to’kin bozorlar kishining bahri dilini ochadi. Bir so’z bilan aytganda, Samarqandda Prezident Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilgan ishlar bizni lol qoldirdi. Bejiz Yaponiyadagi sayyohlik firmalari bu yerga ko’p sayohat uyushtirmas ekan. Maktabda o’qiganlarimizni o’z ko’zimiz bilan ko’rish imkoniga ega bo’lganimiz biz uchun katta baxt va sharafdir. Mamlakatingizga yana tashrif buyurishni juda istaymiz.
Kilema Randrianantoandro, “Takideda” guruhi ijrochisi, “Sharq taronalari” VIII Xalqaro musiqa festivali sovrindori (Madagaskar):
— Dunyoga dovrug’i ketgan madaniy tadbir - “Sharq taronalari” do’stlik va tinchlik ko’prigidir. Ushbu festivalda bir necha marta ishtirok etganman. 2011 yili guruhimiz uchinchi o’rinni olishga muvaffaq bo’lgan edi. “Sharq taronalari”ning asosiy g’oyasi insonlarni go’zallik, nafosat va ezgulikka da’vat etish, dunyo xalqlarining noyob musiqiy merosi va an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Festival ishtirokchilari sonining yil sayin ko’payayotgani dunyoda uning nufuzi oshib borayotganidan dalolatdir.
Har gal Samarqandga borganimda betakror tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib, ruhim yanada ko’tariladi. Yer yuzining sayqali bo’lmish mazkur shahardagi yangilanishlar bunyodkor xalqingizning yuksak salohiyati, tafakkuri, iste’dod va mahoratining yana bir namoyonidir. Samarqanddek afsonaviy shaharda o’z xalqining milliy navolarini ijro etish har qanday san’atkorda faxru iftixor hissini uyg’otadi.
Jahon musiqa san’ati va turfa xalqlar madaniyatini namoyon etishda keng imkoniyat yaratayotgani uchun O’zbekiston rahbariyatidan g’oyat minnatdormiz. Bunday xayrli ishlar mamlakatingizning dunyo miqyosidagi obro’-e’tibori va nufuzi yanada yuksalishiga xizmat qilmoqda.
Fursatdan foydalanib, O’zbekiston xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik ayyomi bilan muborakbod etamiz. Mamlakatingizga yuksak taraqqiyot, xalqingizga farovonlik tilaymiz. Baxt, tinchlik va osoyishtalik doimo hamrohingiz bo’lsin.